Masjidi Nabaviydagi hamma idishlarda ham zamzam suvi bo'lavermaydi. Zamzam suvi bor idishda "سقيا زمزم" – «Zamzam ichish» yozuvi bo'ladi. Odatda masjid ichidagi idishlarda zamzam bor, hovlidagilarida esa yo'q bo'ladi.
«Haramayn» ma'muriyati ma'lumotlariga ko'ra, namozxonlar va ziyoratchilar uchun Makkadan Madinadagi Payg'ambarimiz alayhissalom masjidlariga har kuni 300 tonna, taxminan 272 155 litr zamzam suvi keltiriladi.
@islomuz
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.