Ehromda ko'pgina hikmatlar bor. Masalan, dunyoviy kiyimlardan, havoyi nafsning shahvatlaridan xoli bo'lish Alloh yo'lida o'zini bag'ishlash ramzidir.
Inson ehromga kirish vaqtida, ya'ni kiyimlaridan judo bo'layotgan va ehrom kiyimini o'rayotgan paytida bir kun kelib, kafanning ichiga kirishini o'ylasin. Chunki u Alloh taologa yo'liqishda ham hajga borayotgan chog'dagidek, dunyoviy kiyimlardan boshqacha kiyimda bo'ladi.
Shu bilan birga, ehromda hamma Allohning huzurida barobar ekanligi namoyon bo'ladi. Hammaning kiyimi bir xil – ikki parcha oq lattadan iborat bo'ladi. Hamma boshyalang, oyoqyalang bo'lib, Alloh huzurida o'zining xokisorligini izhor etadi.
Ehromdagi insonning turli narsalar va ishlardan man qilinishi unda sabr va toqatni, chidam va bardoshni rivojlantiradi hamda Alloh taoloning ne'matlariga shukr qilishni o'rgatadi, gunohlardan saqlanish malakasini orttiradi.
Ehromga kirishning tayinli vaqti va tayinli makoni bor. Ular “miyqot” deyiladi.
Hajning zamon miyqoti – Shavvol va Zulqa'da oylari hamda Zulhijja oyining birinchi o'n kuni.
Makon miyqoti esa, turli diyor hojilari uchun ularning Makkai mukarramaga kelish yo'llariga qarab turli joylardir. Ya'ni makon miyqoti – Makkai mukarramaning atrofidagi maxsus belgilangan chegara desak bo'ladi.
Haj yoki umra qiluvchilar o'sha erlarda ehromga kiradilar. Agar bir odam miyqotdan o'tib ketib, ehromga kirsa, qaytib chiqib, miyqotdan ehromga kirishi lozim bo'ladi. Ilojini topa olmasa, jonliq so'yishi vojib bo'ladi.
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam belgilagan miyqotlar beshta:
Ushbu miyqotlar Payg'ambarimiz alayhissalom belgilab bergan miyqotlardir. Hozirgi kunda mazkur joylar va o'sha joylarning ro'paralari miyqotlardir. Suv va havo yo'li bilan kelayotgan hojilar g'usl qilib, ehrom kiyimlarini samolyotga chiqishdan avval kiyib olishsa ham, miyqotga yaqinlashganda niyat qilib, talbiya aytsalar yaxshi bo'ladi. Ba'zilar Jiddaga keliboq ehromga kira boshlaydilar. Vaholanki, bunday qilish aslo joiz emas.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining 10 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18–20 noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida bo‘lib, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, ikki tomonlama uchrashuvlar va kitob taqdimotlarida ishtirok etadi.
Safar davomida Ammon shahridagi nufuzli tashkilotlar, ilmiy markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda podshohlikning milliy kutubxonalari hamda oliy ta’lim muassasalarida «Yangi O‘zbekiston kitob burchaklari» tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu maskanlarda Davlatimiz Rahbarining arab tiliga tarjima qilingan asarlari hamda keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Iordaniya jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, ilm-fan namoyandalari, ulamolar hamda din va davlat arboblari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlar doirasida mamlakatimiz vakillari bilan Iordaniyaning diniy-ma’rifiy tashkilotlari rahbarlari va akademik muassasalar yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati