Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida musulmon sayyohlarni jalb qilish bo'yicha sa'y-harakatlar doirasida ko'proq halol restoran va namozxonalar qurish rejalashtirilgan, - deya xabar beradi poytaxt ma'muriyati.
“Islom poytaxti” internet resursi xabariga ko'ra, Seul turizm tashkiloti shu oyda musulmon turizmini jonlantirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqot loyihasini boshlaydi.
2023 yilda Koreyaga kelgan 1 milliondan ortiq chet ellik sayohatchining 273 mingga yaqini Yaqin Sharqdan, 218 ming nafari Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan, jumladan, musulmonlar ko'p bo'lgan Malayziya va Indoneziyadan kelganlar tashkil qiladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
U kishi aytadilar: Bir kampir Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga keldi. U zot mening huzurimda edilar.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga: — «Siz kimsiz?» — dedilar. U: — «Men Jusama al-Muzaniyyaman», — dedi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: — «Yo‘q, siz — Hasona al-Muzaniyyasiz! O‘zingiz qandaysiz? Ahvollaringiz qanday? Biz ketgandan keyin qanday yashayapsizlar?» — dedilar. U: — «Yaxshimiz, otam va onam sizga fido bo‘lsin, ey Rasululloh sollallohu alayhi vasallam», — dedi.
Kampir chiqib ketgach, men dedim: — «Yo Rasululloh, shu kampirga bunchalik iliq munosabat ko‘rsatmasangiz?» Shunda u zot: — «U Xadicha zamonida uyimizga kelib turar edi. Eski tanishlar bilan chiroyli muomala qilish iymondandir», dedilar.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV