Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2026   |   18 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
28 Noyabr, 2026, 18 Jumadul soni, 1448

Mehr-oqibat insonga ziynatdir

06.10.2023   4713   3 min.
Mehr-oqibat insonga ziynatdir

Mehr bu insonning eng yuksak tuyg'ularidan biridir. Sharq falsafasida rahm – shafqat, muruvvat, odamiylik kabi fazilatlar doimo ulug'lanib, madh etilib kelingan. Odamiylik – bu kishining boshqa odamlarga, urug' – aymog'iga mehr-shafqat ko'rsatishi, yaxshilik qilishini, insonparvarlik munosabatlarida bo'lishini taqozo etadigan fazilatdir. Mehr va muruvvat – insoniylikning ajralmas belgilaridir. Mehr tushunchasiga muhabbat, sadoqat, oqibat kabi tushunchalar hamohang bo'lib, bularning har birida xalq donishmandligi va milliy qadriyatlar o'z ifodasini topgan. Muruvvat esa saxovat va rahmdil, o'zgalarga shafqatli bo'lishni, qo'li ochiqlik va bag'rikenglikni ham anglatadi.

Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qiladilarki: “Ey Uqba, senga dunyo va oxirat ahllari axloqlarining afzallaridan xabar beraymi? Kim sen bilan silai rahmni uzgan bo'lsa, sen uni bog'laysan, kim seni bir narsadan mahrum qilgan bo'lsa, unga o'shani berasan va kim senga zulm qilgan bo'lsa, afv qilasan”.

Halqimizda: “Odam taftini odam oladi”, degan ajoyib naql bor. Inson zoti shirin gapga, yon-atrofidagilarining mehr-muhabbatiga doim tashna bo'ladi. Shu sabab, garchi qarindoshi bo'lmasa-da, yaxshi kishilar bilan do'stlashadi, ulfat bo'ladi. Umrining ajib damlarini ular bilan o'tkazishga harakat qiladi.

Dinimizda Alloh uchun do'stlashish, o'zaro mehr-muhabbatli bo'lish savobli amallardan hisoblanadi.

Mo'minlarga mehr-muhabbatli bo'lish vojibdir. Bu haqda ko'plab hadislar bor: Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: “Rasululloh aytdilar: Imon keltirmaguningizcha jannatga kirmaysizlar, o'zaro bir-birlaringizga muhabbat qo'ymaguningizcha imonli bo'lmaysizlar. Sizlarni, agar amal qilsangiz, o'zaro muhabbat paydo qiladigan ishga dalolat qilaymi? Salomni oralaringizda yoyinglar” (Imom Muslim). Hadis sharhida Imom Navaviy faqat o'zaro mehr-muhabbat sabab holingiz yaxshilanadi, imoningiz komil bo'ladi, deydilar.

Anasdan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlardan birortangiz o'zi yaxshi ko'rgan narsani birodariga ravo ko'rmagunicha mo'min bo'lolmaydi” (Imom Buxoriy), dedilar. Imom Navaviy hadis sharhida aytadilar: “Imon komil, to'liq bo'lmaydi. Faqat shu sifat bo'lsagina, to'liq bo'lishi mumkin. Bundan murod toat-ibodatlarni ham birodariga ravo ko'rish, muboh narsalarni ilinishdir”. Inson o'ziga kerak bo'lsa-da, suygan narsasini do'stiga in'om qilishi yuksak fazilat hisoblanadi.

Insonlarga muhabbatli bo'lishning eng yaxshi mukofoti Alloh taolo sevgisiga sazovor bo'lishdir.

Uboda ibn Somit Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Alloh taboraka va taolo aytadi: “Mening yo'limda yaxshi ko'rishganlarga muhabbatim haqdir. Mening yo'limda o'zaro aloqalarini saqlaganlarga muhabbatim haqdir, mening yo'limda bir-birlarini ziyorat qiladiganlarga muhabbatim haqdir, mening yo'limda o'zaro saxovat qiladiganlarga muhabbatim haqdir””.

Dinimiz ko'rsatmalarida faqat va faqat insonlar foydasi ko'zlanadi. Ahillik va muhabbat asosiga bunyod etilgan do'stlik sharofati bilan mamlakatlar tinch-osoyishta, insonlar esa baxtiyor yashaydilar.

 

Ma'rufxon Aloxodjayev,
Namangan shahar “Abdulqodir qori” jome
masjidi  imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

27.11.2026   28947   2 min.
O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Ummat birligi yo‘lida:

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Turkiyada «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida xalqaro maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ishtirok etdi.

Dunyoning 25 dan ortiq mamlakati, jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, yetuk islomshunos olimlar qatnashgani anjumanning yuksak mavqeidan dalolat berdi.

Yig‘inda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ma’ruza qildi. Nutqda Vatanimiz musulmonlarining yaqin o‘tmishdagi og‘ir sinovli davrlari bilan bugungi farovon kunlari qiyosiy tahlil etildi. Xalqimiz har qanday murakkab sharoitda ham islom diniga muhabbatini saqlab qolgani, ulamolarimiz diniy ilmlarni yashirin tarzda bo‘lsa-da, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib kelgani ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimizda yangi diniy va ilmiy uyg‘onish davri boshlangani, uning amaliy mevasi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Fatvo markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar, qisa vaqt ichida bir yarim milliondan ziyod savollarga javoblar berilgani haqida muxtasar aytib o‘tildi.

Ma’ruza ravon, lo‘nda bayon etilgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, hikmatli va go‘zal kalom insonlar orasini yaqinlashtiradi. Ayniqsa, ummat birligi yo‘lida so‘zlansa. Zero, Muftiy hazratlari bugungi ummat oldida turgan eng dolzarb masalalar, ularning oqilona yechimlari yuzasidan muhim takliflarni o‘rtaga tashladi. O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun alohida minnatdorlik izhor etilgani ham shunga dalolat qiladi.

Ushbu chiqish yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi yuksak nufuzini yana bir bor namoyon etib, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ ajdodlarimizning munosib izdoshlari bugun ham borligini ko‘rsatdi. Ulamolar yurti bo‘lgan muqaddas zaminimizdan bunday zabardast olimlar yetishib chiqishi, inshaalloh, bardavom bo‘lajak.

Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi
MAQOLA