O'tgan asrning saksoninchi yillaridan videoo'yinlar ommalasha boshladi. Ayniqsa, bu o'yinlar yoshlarni o'ziga jalb etib, ularda dangasalik, yalqovlikni kuchaytirdi. Amerika Pediatriya akademiyasi professorlari bunday o'yin bilan mashg'ul bo'lishning davomiyligi ikki soatdan oshsa, salbiy oqibatlar kelib chiqishidan ogohlantirgan edi. Ammo…
Ba'zi o'yinlar vaqtni unumli o'tkazishga xizmat qilsa, aksari terroristik zonalar, qotilliklar, jamiyat tartib-qoidalarini behurmat qilish, jinsiy ekspluatatsiya hamda ayollarga nisbatan zo'ravonlik, millatlararo nizoni targ'ib qiladi.
Tadqiqotlar videoo'yinlarga ruju qo'yish bolalarning aqliy va ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini isbotladi. Hususan, nosog'lom o'yinlar ularda zo'ravonlikni do'stlari bilan sinab ko'rish xohishini paydo qiladi.
Agar farzand videoo'yinlarga ko'p vaqt sarflayotgan bo'lsa, ota-ona unga nisbatan ba'zi cheklovlarni o'rnatishi kerak. Buning uchun smartfonda mavjud bo'lgan “Play market” yoki “App Store” ilovalarida bolalar rejimini yoqib qo'yish tavsiya etiladi. Yana bir foydali usul bolaning vaqtini to'g'ri taqsimlash, ya'ni kundalik yumushlarini belgilab berishdir. Chunki o'smirlik davrida ularda hissiyotlar jilovini yo'qotish, shu bilan birga, vaqtni boshqarolmaslik, to'g'ri yo'ldan adashish holatlari juda ko'p kuzatiladi.
Ko'pchiligimiz videoo'yinlar haqida faqat salbiy tasavvurga egamiz. Aslida, foydalilari ham mavjud. Misol uchun, Untitled Goose Game – parrandachilikka o'rgatsa, Nintendo Labo pianino chalish, baliq ovlash, robotlar yasashni aks ettiradi.
Splatoon 2 – anime qahramonlari: yovuzlik bilan ezgulik o'rtasidagi kurash va alaloqibat ezgulikning g'alabasi ifoda ettirilgan videoo'yin hisoblanadi.
Super Mario 3D World – tangachalarni aql bilan tutib olish vazifasi o'yinchiga yuklatiladi.
Overcooked – oshxonada ovqat pishirish: burger, shirinliklar va hokazolarni o'z ichiga oladi.
Minecraft – bolada fikrlash va kreativlikni oshiradi. O'yin mavzusi uylar qurish, ularni bezash va boshqalar.
TowerFall – o'z hududini himoya qilish, qo'shni qirolliklarga yordam berish tarzida tashkil etilgan, shu bilan birga, o'yinchilarga chet tilini o'rganish imkonini beradi.
Captain Toad: Treasure Tracker – bolalarda izlanuvchanlikni oshirishga qaratilgan bo'lib, ma'lum bir hududlarda topilishi kerak bo'lgan buyumlarni qidirishga asoslanadi.
Word Game – so'z o'yini, o'zbek, ingliz, rus, arab va boshqa tillarda so'z boyligini oshirishga yordam beradi.
Ushbu videoo'yinlar grafik jihatdan haqiqiy hayotdan farq qilmaydi va o'ynash vaqtida bolaga nafaqat ko'tarinki kayfiyat bag'ishlaydi, balki unda muammoni tezlik bilan hal qilish, maqsadga erishish, yangi bilim va ko'nikmalarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Biroq bu o'yinlar ham me'yorida o'ynalgani ma'qul.
Muhammad Umar BAHTIYoROV
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lining 10 yilligi munosabati bilan joriy yilning 18–20 noyabr kunlari O‘zbekiston delegatsiyasi Iordaniya Hoshimiylar Podshohligida bo‘lib, ilmiy-ma’rifiy tadbirlar, ikki tomonlama uchrashuvlar va kitob taqdimotlarida ishtirok etadi.
Safar davomida Ammon shahridagi nufuzli tashkilotlar, ilmiy markazlar va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda podshohlikning milliy kutubxonalari hamda oliy ta’lim muassasalarida «Yangi O‘zbekiston kitob burchaklari» tashkil etiladi. Shuningdek, ushbu maskanlarda Davlatimiz Rahbarining arab tiliga tarjima qilingan asarlari hamda keng ko‘lamli islohotlarga bag‘ishlangan kitob-albomlar taqdimoti o‘tkaziladi.
Shu bilan birga, Iordaniya jamoatchiligi vakillari, ziyolilar, ilm-fan namoyandalari, ulamolar hamda din va davlat arboblari ishtirokida «Yangi O‘zbekiston fenomeni»ning 10 yilligiga bag‘ishlangan xalqaro anjuman-taqdimot bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlar doirasida mamlakatimiz vakillari bilan Iordaniyaning diniy-ma’rifiy tashkilotlari rahbarlari va akademik muassasalar yetakchilari o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham rejalashtirilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati