Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Qurbonlikka oid 30 masala

04.06.2024   8102   8 min.
Qurbonlikka oid 30 masala

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Masala: Balog'atga etmagan bolalar nisobga etadigan molni meros sifatida olsalar, o'z nomlaridan qurbonlik qilishlari vojib bo'lmaydi (41).

Masala: Qurbonlik qilishda o'zidan boshqasini vakil va noib qilish joizdir. Agar bir kishi boshqa odamni qurbonlikka vakil yoki noib qilsa, jonivorni sotib olish va so'yish vaqtida vakil yoki noib qurbonlikni niyat qilishi kifoya qiladi (129).

Masala: Safardagi kishi biror yurtda o'n besh yoki undan ortiq kun muqim bo'lib qolib, telefon yoki biror vosita orqali o'z yurtidagi kishini meni nomimdan qurbonlik qilgin deb vakil qilsa, vakilning qurbonligi uning nomidan o'tadi(130).

Masala: Vafot etgan kishi qurbonlik qilishni vasiyat qilgan bo'lsa, butun bir yoki ettidan bir hissani qurbonlik qilishligi vojib bo'ladi va qurbonlik go'shtini barchasini faqir, miskinlarga sadaqa qilib yuborish ham vojib bo'ladi (36).

Masala: Nisob egasi qurbonlik kunlarida jonivor sotib olishga naqd puli bo'lmasa, qarz olib qurbonlik qilishi zimmasiga vojibdir (131).

Masala: Bir kishi bir nechta qurbonlik qilsa, ulardan bittasi vojib qurbonlik, qolganlari esa nafl qurbonlik bo'ladi (37).

Masala: Agar ayol kishini taqinchoqlari va uydagi keraksiz narsalari nisob miqdoriga etadigan bo'lsa, ayol kishining zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo'ladi (46).

Masala: Odamlar qurbonlik maqsadida bozordan sotib olmay uyda boqayotgan qo'ylarini qurbonlik qilishni xohlasa, ulardan bittasini tayin qilib qurbonlik qilishni niyat qiladi va uning bu niyati bilan o'sha jonivorni qurbonlik qilishi lozim bo'lib qolmaydi. Uni sotib yuborib, o'rniga boshqasini qurbonlikka sotib olishi joiz bo'ladi, ya'ni kimni mulkida avvaldan qo'y-mollari bo'lib, ularni qurbonlik qilishni niyat qilsada, ularni qurbonlik qilish lozim bo'lib qolmaydi (47).

Masala: Boy odam qurbonlik kunlari ichida qurbonlik qila olmasa, bir qo'y yoki echkini qiymatini sadaqa qilishi vojib bo'ladi. Agar qurbonlikka jonivor sotib olgan bo'lsa, o'sha jonvorni tirikligicha sadaqa qilishi vojib bo'ladi. Agar bilmay qurbonlik kunlari o'tib ketgan bo'lsa ham so'yaveraman deb so'yib qo'ygan bo'lsa, go'shtini o'zi emay faqirlarga sadaqa qilishi vojibdir (57).

Masala: Faqir odam qo'y sotib olayotgan paytda qurbonlikni niyat qilmay sotib olgandan keyin qurbonlik qilishni niyat qilsa, o'sha jonivorni qurbonlik qilishi vojib emas (58).

Masala: Bir necha kishi o'rtaga pul tashlab biror tijorat yoki ishlab chiqarish qilsa va ularning barchasini o'rtadagi puli nisobga etsa, lekin o'rtadagi puldagi har birining ulushi nisobga etmasa, birortasini zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo'lmaydi (62).

Masala: Bir kishini uchta yoki to'rtta o'g'illari bo'lib, ular bilan birgalikda tijorat qilsalar va ularni eb-ichishi, turar joylari bir joyda bo'lsa, asl mol otaniki bo'lib, farzandlar otaga yordamchi bo'lsalar, bunday holatda otaning zimmasiga qurbonlik vojib bo'ladi. Farzandlarga esa, qurbonlik vojib bo'lmaydi. Agar farzandlari nisob egalari bo'lsalar, ularning zimmasiga ham qurbonlik qilish vojib bo'ladi (62).

Masala: Qurbonlik qiluvchi kishi qurbon hayitini o'qib, qurbonlik qilganidan keyin sochi va tirnoqlarini olishi mustahab bo'ladi (63).

Masala: Vojib bo'lgan qurbonlikni o'zgalar tomonidan qilishlik uchun ularning ijozati zarur. Aks holda ularning qurbonliklari ado bo'lmaydi. Agar aka-ukalar yo'qligida biri boshqasi tomonidan qurbonlik qilib qo'yish odati bo'lsa, ijozat berishidan oldin qurbonlik qilishi joiz bo'ladi. O'zgalar tomonidan nafl qurbonlik qilinayotgan paytda ularning ijozatini so'rashlik shart emas. Tiriklarga va o'likalar nomidan nafl qurbonliklar qilish joiz. Ularning ijozatlari shart emas. Chunki, qurbonlikning egasi hayvonning egasi bo'lib, u boshqalarga savobini bag'ishlamoqda (78).

Masala: Bir necha kishilar bitta hayvonni qurbonlik qilayotganlarida so'yuvchi hammalarini nomma-nom sanab falonchi va falonchilar nomidan deb tilga olishi shart emas. Lekin, ular tomonidan so'yilayotganini qalbdan o'tkaziladi (82).

Masala: Bir necha kishi sherik bo'lib, qurbonlik qilinayotgan suratda sudxo'r va shu kabi haromdan mol topguvchilarni sherik qilinsa, hech bir kishining qurbonligi durust bo'lmaydi. Lekin ular birortasidan halol pul olib sherik bo'lsalar, joiz bo'ladi. Shuningdek, sheriklardan birortasi go'sht arzon tushishi maqsadida sherik bo'lsa, birortasini ham qurbonligi joiz bo'lmaydi (91).

Masala: Hozirgi kunda juda ko'p ayollar taqinchoq va ortiqcha narsalari hamda o'lik mollari hisoblansa, nisob sohibiga aylanadilar. Garchi zakot bermasalarda, ularning zimmalariga qurbonlik qilish vojib bo'ladi. O'lik mollarga ulamolarimiz uch sidra kiyimdan ortiqchasini ham hisobga olganlar. Undan tashqari uyda ishlatilmay turadigan idish-tovoqlar, suvenirlar narxi 85 g tillo 612 g kumushning qiymatiga etsa, zimmalariga qurbonlik qilish vojib bo'ladi (96).

Masala: Ko'pchilik bo'lib qurbonlik qilinayotgan suratda sheriklardan biri o'tgan yilni qazosini niyat qilsa, sheriklarning qurbonligi ado bo'ladi. Lekin, qazoni niyat qilgan kishining qurbonligi nafl bo'lib, qazo qurbonlik o'rniga o'tmaydi va jonivorni go'shtini hammasini sadaqa qilib yuborish vojib bo'ladi. Qazo qurbonlik evaziga boshqa qurbonlik qilishi vojib bo'ladi (133).

Masala: Nisobga ega bo'lgan kishi mahbus bo'lsa, zimmasiga qurbonlik qilish vojib bo'ladi. Hoh yotgan joyida bo'lsin yoki tashqarida bo'lsin. Tashqarida bo'lgan suratda o'zidan boshqasini vakil yoki noib qiladi (133).

Masala: Agar mahbus o'z yurtidan tashqarida safar masofasicha uzoqlikda bo'lsa, zimmasiga qurbonlik vojib bo'lmaydi (133).

Masala: Nisobga ega bo'lgan kishi qurbonlik kunlari qurbonlik qilishdan avval vafot topsa, zimmasidan qurbonlik soqit bo'ladi va merosxo'rlar mulkiga jonliq o'tib ketadi. Agar merosxo'rlar ichida balog'atga etmagan bolalar bo'lmasa va otalari nomidan farzandlarqurbonlik qilishga ijozat berishsa, otalari nomidan qurbonlik durust bo'ladi. Agar merosxo'rlar ichida balog'atga etmagan bola bo'lsa, uning ijozati e'tiborga olinmaydi va o'sha hayvonni qurbonlik qilish joiz bo'lmaydi (98).

Masala: Nisobga ega bo'lgan kishi qurbonlik qilishidan oldin va qurbonlik vaqti chiqishidan oldin faqirga aylanib qolsa, zimmasidan qurbonlik soqit bo'ladi (99).

Masala: Qurbonlik qilish faqat zakot beruvchilarning zimmasiga emas, balki sadaqai fitr vojib bo'lgan kishilarga ham vojibdir (99).

Masala: Nisobdan deb hisoblanmaydigan narsalar hojati asliyalar deb nomlanadi. Ular: eb ichadigan, uch sidra kiyadigan kiyim, yashash joyi, xunarmandlarning asbob-anjomlari, minib turgan ulovi, fabrika-zavodlarning stanoklari kabilardir. Ulardan tashqarisining qiymati hisoblanib, nisobga etsa, qurbonlik vojib bo'ladi (100).

Masala: Sheriklardan ba'zisi qurbonlikni va yana ba'zisi aqiqani niyat qilishi joizdir (102).

Masala: Aksariyat kishilar vafot etuvchilar tomonidan qurbonlik qilayotganlarida fotihaga kelganlar taomlanib ketsinlar deb hayt namozdan avval yoki arafa kuni jonliqni so'yib qo'yadilar. Bu suratda so'yilgan hayvon qurbonlik o'rniga o'tmaydi (105).

Masala: Nisobga ega bo'lmagan kishi qurbonlik qilganidan keyin qurbonlik kunlari chiqib ketishidan avval boy bo'lib qolsa, yana boshqa qurbonlik qilishi vojib bo'ladi (107).

Masala: Nisob egasi bo'lmagan kishi qurbonlik qilish niyatida hayvon sotib olsa, uni qurbonlik qilishi vojibdir. Lekin, qurbonlik qilishdan avval jonivor yo'qolib yoki vafot etib qolsa, vojib zimmasidan soqit bo'ladi. O'rniga boshqa olib qurbonlik qilishi vojib emas. Yo'qolgan jonivor keyinchalik topilib qolsa, qurbonlik qilishi zimmasiga vojib bo'ladi.

Masala: Qurbonlik oqil, bolig', muqim, zakot yoki mulkida hojati asliysidan ortiqcha 85 g tilla yoki (612) 595 g kumush qiymati barobarida narsasi bor kishilarga vojib bo'ladi. Hojati asliydan tashqarilarga yashab turgan hovlisidan tashqari hovlilar, pulni band qilish uchun sotib olingan uylar, ulovlar, tijorat mollari, astatka tavrlar barchasi kirib ketadi. Shuningdek, nisobga ega bo'lganiga bir yil to'lishi ham shart emas.

Manba

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

25 iyundan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

23.06.2025   9733   2 min.
25 iyundan oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga qabul boshlanadi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish sanalarini e’lon qiladi:


Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, 
Mir Arab oliy madrasasi, 
Hadis ilmi maktabi, 
Imom Termiziy nomidagi islom instituti va 
barcha o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga 
2025 yil 25 iyundan 20 iyulgacha davom etadi.  


Oliy diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishni istagan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
  ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
 pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) va uning ilovasi nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);

 

Xorijiy davlatlardagi diniy ta’lim muassasalarini tamomlagan va mamlakatimizda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan diplomga ega bo‘lgan abituriyentlar (O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari) ham hujjat topshirishlari mumkin.

 

O‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish istagida bo‘lgan abituriyentlar qabul hay’atiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

 ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
 pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
 chet tilini bilishi to‘g‘risidagi hujjat asl nusxasi (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa tilda imtihon topshiruvchilar uchun). 


Ma’lumot o‘rnida: Oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining test sinovlarida ishtirok etishi uchun abituriyentlardan bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari miqdorida to‘lov undiriladi. Joriy yilda o‘qishni tamomlab, o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjat topshirayotgan abituriyentlardan esa to‘lov undirilmaydi. 


2025-2026 o‘quv yili qabul jarayonlari haqidagi so‘nggi yangiliklarni @qabulmuslimuz (https://t.me/qabulmuslimuz) telegram sahifasida kuzatib boring. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari