Avvalo eng yomon fitnachi-shaytondir!
Shayton juda ko'p hiyla-nayranglar bilan tanilgan. Ular orasida eng yomoni uning fitnachiligidir. Fitnachi bo'lganda ham Fatton ya'ni, eng ko'p fitnaga soluvchidir. Bu qabih sifatni kimda-kim o'zida hosil qilgan bo'lsa u ham shaytondir!
Alloh taolo "Oli Imron" surasi, 7-8 oyatlarda shunday marhamat qilgan.
هُوَ الَّذِي أَنْزَلَ عَلَيْكَ الْكِتَابَ مِنْهُ آيَاتٌ مُحْكَمَاتٌ هُنَّ أُمُّ الْكِتَابِ وَأُخَرُ مُتَشَابِهَاتٌ فَأَمَّا الَّذِينَ فِي قُلُوبِهِمْ زَيْغٌ فَيَتَّبِعُونَ مَا تَشَابَهَ مِنْهُ ابْتِغَاءَ الْفِتْنَةِ وَابْتِغَاءَ تَأْوِيلِهِ وَمَا يَعْلَمُ تَأْوِيلَهُ إِلاَّ اللَّهُ وَالرَّاسِخُونَ فِي الْعِلْمِ يَقُولُونَ آمَنَّا بِهِ كُلٌّ مِنْ عِنْدِ رَبِّنَا وَمَا يَذَّكَّرُ إِلاَّ أُولُو الأَلْبَابِ رَبَّنَا لاَ تُزِغْ قُلُوبَنَا بَعْدَ إِذْ هَدَيْتَنَا وَهَبْ لَنَا مِنْ لَدُنْكَ رَحْمَةً إِنَّكَ أَنْتَ الْوَهَّابُ
“U senga kitobni tushirgan zotdir. Unda muhkam oyatlar ham bor va ular kitobning aslidir va mutashobih (oyat)lar ham bor. Qalblarida hidoyatdan og'ish borlar fitna maqsadida va uni ta'vil qilish maqsadida undan mutashobih bo'lganiga ergashadi. Uning ta'vilini Allohdan boshqa hech kim bilmas. Ilmda sobit bo'lganlar esa, unga iymon keltirdik, barchasi Rabbimiz huzuridandir, derlar. Va faqat aql egalarigina eslaydilar. Ey Robbimiz, bizni hidoyat qilganingdan so'ng qalblarimizni og'dirmagin va bizga O'z huzuringdan rahmat ato qilgin. Albatta Sening O'zing ko'plab ato qiluvchisan”.
Bu, oyatdagi (Muhkam) so'zi mahkam, ochiq-oydin, boshqa yoqqa burib bo'lmaydigan, degan ma'noni anglatadi. (Mushtaboh) so'zi esa, o'xshash, birini biridan ajratish qiyin, bir necha ma'nolarni anglatadigan, degan ma'nolarni bildiradi. Qur'oni Karim oyatlari ham muhkam va mutashobihga bo'linadi, bӯlarni tepada aytib ӯtdik.
عَنْ سُلَيْمَانَ بْنِ يَسَارٍ أَنَّ رَجُلاً يُقَالُ لَهُ صَبِيغٌ قَدِمَ الْمَدِينَةَ فَجَعَلَ يَسْأَلُ عَنْ مُتَشَابِهِ الْقُرْآنِ فَأَرْسَلَ إِلَيْهِ عُمَرُ، رَضِيَ الله عَنْهُ وَقَدْ أَعَدَّ لَهُ عَرَاجِينَ النَّخْلِ فَقَالَ مَنْ أَنْتَ قَالَ أَنَا عَبْدُ اللهِ صَبِيغٌ فَأَخَذَ عُمَرُ عُرْجُونًا مِنْ تِلْكَ الْعَرَاجِينِ فَضَرَبَهُ وَقَالَ أَنَا عَبْدُ اللهِ عُمَرُ فَجَعَلَ لَهُ ضَرَبًا حَتَّى دَمِيَ رَأْسُهُ فَقَالَ: يَا أَمِيرَ الْمُؤْمِنِينَ حَسْبُكَ قَدْ ذَهَبَ الَّذِي كُنْتُ أَجِدُ فِي رَأْسِي. رَوَاهُ الدَّارِمِيُّ
Sulaymon ibn Yassordan rivoyat qilinadi: “Sabig' ismli bir kishi Madinaga kelib, Qur'onning mutashobih oyatlaridan so'ray boshladi. Umar roziyallohu anhu unga odam yubordilar va xurmo barglaridan tayyorlangan bir kaltakni tayyorlab qo'ydilar. (Kelganidan so'ng unga) «Sen kimsan?», dedilar. U: «Men Allohning quli Sabig'man» deb javob berdi. Shunda Umar haligi kaltaklardan birini olib: «Men esa Allohning quli Umarman», deb, uni savalay ketdilar. Kaltak zarbidan hatto uning boshi qonab ketdi. Shunda u: «Yetarli bo'ldi, ey amiral-mu'miniyn! Bo'ldi, boshimni qiynayotgan darddan qutuldim», dedi. Dorimiy rivoyat qilgan.
عَنْ أَبيِ الدَّرْدَاءِ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ أَنَّهُ قَالَ: «حَبَّذَا مَوْتًا عَلىَ الإِسْلاَمِ قَبْلَ الْفِتَنِ» رَوَاهُ نُعَيْمُ بْنُ حَمَّادٍ فِي «الْفِتَنِ».
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Fitnalardan oldin islomda o'lmoq qandoq ham yaxshi”, dedi. Abu Nu'aym ibn Hammod “Fitan” kitobida rivoyat qilgan.
Aslida inson umrini uzun bo'lgani yaxshi. Chunki uzun umr ko'rishi uni ko'proq savoblar jamg'arishiga sabab bo'ladi. Hadislarda inson o'ziga-o'zi o'lim tilashidan qaytarilgan. Ammo umrini buzg'unchilikka, ma'siyatlaru fitna-fasodga sarflagan kishining vafoti hayotidan yaxshi bo'larkan. Chunki shunda fitnalarga aralashib, katta g'unohlarni qilib qo'yishdan salomat bo'ladi.
Sahobalar fitnalar haqida vorid bo'lgan hadislarni o'z quloqlari bilan eshitganlar. Ularning odatlari eshitganlariga amal qilmagunlaricha boshqasiga o'tmaganlar. Abu Dardo roziyallohu anhu ham mana shu narsani his qilganlar. Fitna va fitnachini yomonligidan unga aralishib qolishdan ko'ra, o'limni ustun ko'rmoqdalar.
Dunyoda eng baxtli kishi kim? Savol juda ham qiziq. Ko'pchilikning hayoliga yoqtirgan narsalari huzurida mujassam bo'lishi degan javob keladi. Har kim bu savolga o'zicha javob beradi. Kimdir baxtni mol-dunyoda desa, yana kimdir bola-chaqa yana kimlardir oila qurishda deb biladi.
Voqelikda esa yuqoridagi narsalarga ega bo'lgan kishilarning hayoti tom ma'noda baxtli o'tayotganiga guvoh bo'lmaymiz. Yuqoridagi narsalarga ega bo'lmay ham baxtiyor yashab o'tgan insonlar juda ko'p. Kimningdir hayoti kambag'allikda o'tishi u uchun baxt hisoblanadi. Ha, demak baxt insonni yomon, nohush holatlarni keltirib chiqaradigan narsalardan xoli hayot kechirishi haqiqiy baxt hisoblanar ekan. To'g'ri, bu narsalar ham baxtga olib boradigan sabablardir. Ammo haqiqiy baxt kishining fitna, turli fitna-fasod ishlarga aralashib qolmay dunyodan salomat o'tishi ekan.
#xabar #mahorat #imom
Bugun, 16 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi masjidlarda faoliyat yuritayotgan 80 nafardan ziyod voiz imom domlalar uchun Diniy-ma’rifiy sohada malaka oshirish va qayta tayyorlash institutida “Zamonaviy axborot makonida diniy-ma’rifiy soha mutaxassislarining media-targ‘ibot faoliyatini takomillashtirishning dolzarb jihatlari” mavzusida 72 soatlik malaka oshirish o‘quvi boshlandi.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bo‘lib o‘tgan o‘quv kursining ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita boshqarma boshlig‘i Muhiddin Hakimov, mazkur institut direktori Husniddin Ahmedov va tinglovchilar ishtirok etdi.
Tadbirda Homidjon domla bugungi murakkab davr barcha soha vakillari qatorida imom domlalardan ham o‘z bilim va malakalarini doimiy oshirib borish, insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash, aholi, ayniqsa, yoshlarni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash yo‘lida jiddu jahd qilishni talab etayotganini ta’kidladi. Shuningdek, notiqlar mazkur kursning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Ikki hafta davom etadigan mazkur o‘quvda bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mavzularda dars mashg‘ulatlari olib boriladi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati