Hikmatulloh domla Toshtemirov,
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi bosh mutaxassisi.
Shu yil 8 sentyabr kuni “Yangi O‘zbekistonning tinchlik va ma’naviyat targ‘ibotchilari bo‘lamiz” degan ezgu tashabbus doirasida bir guruh hojilar Qarshi shahridagi 51-maktabga kitoblar va sport anjomlari ehson qildi.
Mazkur maktab kutubxonasiga umumiy qiymati 15 mln.so‘mlik badiiy va ilmiy-ommabop kitoblar, shuningdek, bolalar o‘rtasida sportga qiziqishni oshirish maqsadida sport anjomlari topshirildi.
Hozirgi kunda hojilar ma’naviy targ‘ibot ishlari bilan birga, maktablarga xayriyalar qilish orqali yosh avlodga sifatli ta’lim berish va ularning kelajakda Vatanga fidoiy farzandlar bo‘lib yetishishigaga hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati