Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2026   |   8 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:09
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
18 Noyabr, 2026, 8 Jumadul soni, 1448

12.06.2024   2312   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: masjidlar chiroy ochib, ko‘ngillar shod bo‘ldi

18.11.2026   2724   1 min.
Obodlik ko‘ngildan boshlanadi: masjidlar chiroy ochib, ko‘ngillar shod bo‘ldi

Shu yilning 14-15 noyabr kunlari O‘zbekiston mRusskiyusulmonlari idorasi tashabbusi bilan barcha hududlardagi masjidlarda umumxalq xayriya hashari va «Yashil makon» loyihasi yuqori ko‘tarinkilik bilan o‘tkazildi.

Atrof-muhitni ozoda saqlash, yerga nihol qadash va insonlarga yaxshilik qilish – muqaddas dinimiz va azaliy qadriyatlarimizning go‘zal ifodasidir.

 Ushbu ezgu chaqiriqqa "labbay" degan 76 mingdan ziyod yurtdoshimiz – imom-xatiblar, masjid jamoalari, mahalla faollari va ko‘ngilli yoshlar bir yoqadan bosh chiqarib, xayrli ishlarga kamarbasta bo‘ldilar.

Ezgu amallar sarhisobi:

Maskanlar tarovati: savob umidida 2 163 ta jome masjid, 5231 ta qabriston va 149 ta qadamjo va ziyoratgohlar obod qilindi;

Poklik va sarishta: jami 1 million 439 ming kv. Metrdan ortiq maydon xazon va chiqindilardan tozalanib, fayzli go‘shalarga aylantirildi;

Sadaqai joriya: kelajak avlodga yashil meros qoldirish maqsadida 26 800 tupdan ortiq mevali va manzarali ko‘chatlar, shuningdek, o‘n minglab gullar yerga qadaldi;

Mehr muruvvat: ko‘makka muhtoj, yolg‘iz va bemorlardan iborat 1105 ta oilaning holidan xabar olinib, ularga 413,1 million so‘mlik moddiy va oziq-ovqat yordamlari ulashildi. Siniq ko‘ngillarga quvonch kiritildi.

Birgina nihol ekish yoki bir mo‘minning og‘irini yengil qilishda qanchalar ulug‘ ajrlar bor! Bu kabi tadbirlar jamiyatimizda mehr-oqibat, ahillik va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari