Shu yilning 8-11 noyabr' kunlari Qozon shahrida Islom hamkorlik tashkilotiga (IHT) a'zo mamlakatlarning Halqaro yoshlar ilmiy kongressi bo'lib o'tadi. Unda Rossiya va islom dunyosi davlatlaridan yosh olimlar ishtirok etadi.
IQNA agentligining “Islam today” matbuotiga tayanib xabar berishicha, tadbir davomida yosh olimlar arxitektura va dizayn, xalqaro huquq va ta'lim, neft' va gaz texnologiyalari, biotibbiyot va biotexnologiyalar, barqaror rivojlanish va xalqaro aloqalar kabi yo'nalishlardagi ilmiy tadqiqotlarni muhokama qiladi.
Kongress yalpi majlis, davra suhbatlari, interfaol seminar va madaniy dasturdan iborat bo'ladi.
IHT mamlakatlari ilmiy kongressi Rossiya va IHT davlatlaridan ishtirokchilarni yoshlar o'rtasida ilm-fanni rivojlantirishga jalb etadi, bu esa kelajakda fanning ilmiy-texnik va innovatsion rivojlanishida muvaffaqiyatlarga olib kelishi mumkin.
Kongress Yoshlar ishlari bo'yicha federal agentlik (Rosmolodej), Islom hamkorlik yoshlar forumi (ICMF) hamda IHT mamlakatlari ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo'yicha vazirlar doimiy qo'mitasi (COMSTYeCH) ko'magida o'tkaziladi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Namanganda «Inson qadri» kitobi taqdimoti va soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Namangan shahridagi taqdimot marosimida Musoxon domla Abbosiddinov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi asari mazmun-mohiyatini tahlil qildilar. So‘zga chiqqanlar kitob jamiyatda mehr-oqibat va odob-axloq tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.
Shuningdek, tadbir doirasida viloyat va tuman bosh imom-xatiblari uchun yangi dizayndagi maxsus liboslar taqdim etildi.
Tadbir yakunida yil davomida eng faol bo‘lgan imom-xatib va otinoyilarga tashakkurnomalar topshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati