Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2026   |   8 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:09
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
18 Noyabr, 2026, 8 Jumadul soni, 1448

14.06.2024   1602   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Samarqandda XIV «Global Waqf» xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi

18.11.2026   197   2 min.
Samarqandda XIV «Global Waqf» xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi

Bugun Samarqand shahridagi Imom Buxoriy majmuasida XIV «Global Waqf» xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. «Vaqf va islomiy ijtimoiy moliyaga yangicha yondashuv: boshqaruv, standartlar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘llari» mavzusidagi nufuzli tadbirda dunyoning 30 ga yaqin mamlakatidan 150 ga yaqin vakil — xalqaro tashkilotlar rahbarlari, ulamolar va vaqf sohasi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ul xodimi Ergash Daminov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, «Vaqf» xayriya jamoat fondi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov hamda  Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Bobur Karimov ishtirok etdi.

Shuningdek, anjumanda Butunjahon zakot va vaqf forumi (WZWF) bosh kotibi Datuk doktor Muhammad G‘azali Muhammad Nur, Saudiya Arabistoni, Malayziya, Qozog‘iston, BAA, Ummon, Janubiy Afrika, Turkiya va boshqa mamlakatlardan tashrif buyurgan nufuzli mehmonlar, xususan, BMT Taraqqiyot dasturi (UNDP) vakillari qatnashdi.

Ochilish marosimida so‘zga chiqqan Zayniddin domla Eshonqulov Muftiy hazratlarining salomlarini yetkazib, vaqfning islom sivilizatsiyasidagi tarixiy o‘rni, xususan, Samarqand va Buxorodagi ilm maskanlari aynan vaqf mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritganini ta’kidladi. Shuningdek, u Yangi O‘zbekistonda vaqf tizimini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, «Vaqf» fondi tomonidan bugungi kunga qadar ijtimoiy himoya, ta’lim va infratuzilma yo‘nalishlarida yuzlab milliard so‘mlik loyihalar amalga oshirilganini qayd etdi.

Anjuman davomida Ummonning Bushir fondi kengashi a’zosi Muhammad Salim Al-Busaydiy, Turkiya Diyonat vaqfi vakili Salmon Oqtosh kabi xorijiy ekspertlar tomonidan vaqf mulklarini samarali boshqarish, moliyaviy shaffoflik, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish va sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasidagi tajribalar o‘rtoqlashildi.

Nufuzli anjuman yalpi majlisidan so‘ng konferensiya o‘z ishini uchta sho‘bada davom ettirdi. Unda vaqf sohasida qonunchilik samaradorligi, bo‘sh turgan vaqf mulklarini ishga solish, raqamli boshqaruv tizimlarini joriy etish va barqaror rivojlanish kabi muhim masalalar muhokama qilindi.

Tadbirning ilk kunidan so‘ng mehmonlar uchun Imom Buxoriy majmuasiga ziyorat tashkil qilindi.

Anjuman O‘zbekistonning vaqf sohasidagi tashabbuslarini xalqaro hamjamiyatga namoyon etish uchun muhim muloqot maydoni vazifasini o‘taydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari