Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlari
O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy
1. Yurtimizda Qurbon hayiti namozi ado etildi
2. Yangi O`zbekiston - bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak (Xorazm viloyati)
3. Qurbon hayitingiz muborak bo`lsin! (Andijon viloyati)
4. Ulug` ayyom shukuhi (Qashqadaryo viloyati)
6. Qurbon hayitingiz muborak bo`lsin! (Shayx Alijon qori)
8. Yangi O`zbekiston - bu hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak! (Homidjon domla Ishmatbekov)
9. Qurbon hayitingiz muborak bo`lsin! (Namangan viloyati)
10. Yangi O`zbekiston - bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak! (Zayniddin domla Eshonqulov)
11. Axborot 24 | Muborak ayyom shukuhi (Zayniddin domla Eshonqulov)
12. Qurbon hayitingiz muborak bo`lsin! (Sirdaryo viloyati)
13. Ulug` ayyom shukuhi (Jizzax viloyati)
14. Yangi O`zbekiston - bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak! (Samarqand viloyati)
15. Yangi O`zbekiston - bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak! (Navoiy viloyati)
16. Axborot 24 | Muborak ayyom shukuhi
17. Qurbon hayitingiz muborak bo`lsin! (Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov)
18. Yangi O`zbekiston - bu yangi hayot, yangi taraqqiyot, baxtli kelajak! (Farg'ona viloyati)
19. Qurbon hayitingiz muborak bo`lsin! (Toshkent shahar)
20. Axborot 24 | Muborak ayyom shukuhi
21. Alisher Naimov - Farg`ona viloyati bosh imom-xatibi o`rinbosari
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Odatda odamlarda «Qiz bola birovning hasmi, erta-indin erga tegib ketib qoladi. Undan nima foyda bo‘lishi mumkin», degan salbiy fikr bo‘ladi. «O‘g‘il bola esa doimo xizmatda bo‘ladi. Uni uylab qo‘ysang, kelin ham xizmatingni qiladi. U qariganingda ham joningga oro kiradi», kabi tushunchalar bor. Bu noto‘g‘ri fikr. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qizlarga nafaqa qilishning fazli haqida o‘z hadislarida qayta-qayta bayon qilganlar. O‘zlari to‘rt nafar qizlariga qilgan muomalalari bilan barchaga namuna ko‘rsatganlar.
Ushbu hadisi sharif va rivoyatlarda ham shu ma’nolar ilgari surilgan.
عَنِ الزُّهْرِيِّ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ كَانَتْ لَهُ بِنْتَانِ فَصَبَرَ عَلَى لَأْوَائِهِمَا وَنَفَقَتِهِ عَلَيْهِمَا كَانَتْ لَهُ بِنَفَقَتِهِ عَلَيْهِمَا الْجَنَّةُ».
Zuhriydan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning ikki qizi bo‘lsa va ularning mashaqqatlariga va nafaqasiga sabr qilsa, ularga qilgan nafaqasi uchun unga jannat bo‘ladi», dedilar.
Sharh: Qiz boqish oson narsa emas, buni hamma yaxshi biladi. Bu ishni amalga oshirish uchun sabr-matonat kerak, harakat, g‘ayrat kerak, topganini sarflash kerak. Baribir shu qiz ertami, indinmi, birovning uyiga ketishi, kelin bo‘lishi borligini o‘ylab, yurak uvushib ham turadi. Ayniqsa qizi ko‘p bo‘lsa, bu holat aniq bilinadi. Ana shularni bilib turib va sabr etib, qizlarini yaxshi tarbiya qilgan odam o‘zi uchun oxiratning katta bir martabasini kasb qilgan bo‘lar ekan.
Ayni paytda qizlarni nafaqa bilan ta’minlash ham lozim ekan. Bu ish uchun ham sabr-bardosh kerak bo‘ladi.
Ikki qizning tarbiyasidagi mashaqqatlarga, xususan, qizlarning nafaqasini ta’minlashdagi qiyinchiliklarga sabr qilish ota-ona uchun katta savob hamda jannatga kirishga sabab bo‘ladigan amallardan biri hisoblanar ekan.
«Yaxshilik va silai rahm» kitobi 1-juz