Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Noyabr, 2026   |   8 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:52
Quyosh
07:09
Peshin
12:13
Asr
15:20
Shom
17:04
Xufton
18:20
Bismillah
18 Noyabr, 2026, 8 Jumadul soni, 1448

20.06.2024   1710   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Malayziyaning Sabah shtati muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

18.11.2026   836   1 min.
Malayziyaning Sabah shtati muftiysi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Avval xabar berganimizdek, shu yil 18-19 noyabr kunlari Samarqandda “Vaqf va islomiy ijtimoiy moliyaga yangicha yondashuv: boshqaruv, standartlar, innovatsiyalar va barqaror rivojlanish yo‘llari” mavzusida bo‘lib o‘tadigan XIV «Global Waqf» anjumanida qatnashish uchun yurtimizga ko‘plab xorijiy davlatlardan mehmonlar tashrif buyurmoqda.

Bugun O‘zbekiston musulmonlari idorasiga Malayziyaning Sabah shtati muftiysi Hoji Bungan bin Hoji Jaafa tashrif buyurdi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, “Vaqf” xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Zayniddin domla Eshonqulov mehmonlar bilan samimiy muloqoti asnosida ularga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salomlari va xayrli tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Diniy idora tizimi haqida ma’lumot berilar ekan, dastlab Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining salomlari va xayrli tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda mehmonlarga Diniy idora tizimi haqida ma’lumot berilar ekan, dastlab Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbusi bilan Diniy idora qoshida Fatvo markazi tashkil etilgani, ayni paytda markazda 20 nafarga yaqin ulamo xizmat qilayotgani, ulamolar Koll-markaz orqali diniy savollarga batafsil javob qaytarayotgani qayd etildi.

O‘z navbatida, Hoji Bungan bin Hoji Jaafa O‘zbekiston buyuk allomalar, aziz avliyolar yurti ekanini, XIV «Global Waqf» anjumani aynan Samarqandda, Prezident Shavkat Mirziyoyev Janobi Oliylari tashabbusi bilan qaytadan bunyod etilgan Imom Buxoriy majmuasiga yaqin joyda o‘tkazilayotganidan benihoya mamnun ekanini, tashrif doirasida buyuk muhaddisning qabrini, albatta, ziyorat qilishini bildirdi.

https://vaqf.uz

O'zbekiston yangiliklari