Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2026   |   18 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
28 Noyabr, 2026, 18 Jumadul soni, 1448

Tarixdagi eng qayg'uli kun

04.10.2023   2078   4 min.
Tarixdagi eng qayg'uli kun

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hijratning o'n birinchi yili rabi'ul avval oyining o'n ikkinchi kuni, choshgoh va peshin o'rtasida bu o'tkinchi dunyoni tark etdilar (Ibn Sa'd, Tabaqot 2/215; Ibn Kasir, Bidoya 5/282, 294, 295, 296, 313).

O'sha kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vafoti haqidagi xabar barcha musulmonlar uchun katta zarba bo'ldi. Shubhasiz, bu ular uchun katta yo'qotish edi. Madina musulmonlarining ko'plari Nabiy sollallohu alayhi vasallamning vafotidan xabardor bo'lib, masjidga shoshildilar. Ushbu voqeadan hayratda qolgan Umar roziyallohu anhu masjidda to'plangan olomonga qarata: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o'lmagan …» deb qaytarardi. (Ibn Hishom, Siyra, 2/215).

Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning vafoti haqidagi xabarni eshitib Abu Bakr roziyallohu otga minib darhol Masjidun Nabaviyga etib keldi. U Sunh degan joydagi uyida edi. Umar roziyallohu anhu hamon o'sha gapni takrorlardi. Abu Bakr jamoatni tinchlanishga buyurdi va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oxirgi kunlarini o'tkazgan xonaga qizi Oisha roziyallohu anhoning oldiga kirdi.

Honaga kirib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vujudlariga yopilgan matoni ochdi va peshonalaridan o'pdi. Uning ko'zlari yoshga to'lib, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga qarab: «Allohga qasamki, Alloh sizga ikki marta o'lim bermaydi. O'limni totdingiz. Bundan keyin endi o'limni boshqa totmaysiz», dedi. Va «Zumar» surasining 30-oyatini tilga oladi:


“إِنَّكَ مَيِّتٞ وَإِنَّهُم مَّيِّتُونَ

 «Albatta, sen ham o'lguvchisan, ular ham o'lguvchidirlar».
So'ng: «Shu holatda ham hayotdagi kabi go'zalsiz», deb xonadan chiqdi.
(Ibn Hisham, Siyra, 2/216; Ibn Sa'd, Tabaqot, 2/209).

Uning gaplari Payg'ambar sollallohu alayhi vasallamning jasadlari bilan bir xonada bo'lganlarni tinchlantirdi. Abu Bakr jazavaga tushmadi, aksincha sokinlik va bosiqlik bilan musulmonlar jamiyatiga vaziyatni tushuntirish va ularning sarosimaga tushishiga yo'l qo'ymaslikni o'ylardi. Umar hanuz o'sha so'zni takrorlardi: «Muhammad o'lmagan!..» Abu Bakr undan o'tirishni so'radi.

Odamlarning diqqat-e'tibori Abu Bakr tomonga yo'nalgandan so'ng, u jamoatga shunday dedi: «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga ibodat qilganlar bo'lsa, bilingki, U vafot etdi. Kim Parvardigorga ibodat qilgan bo'lsa, bilingki, U abadiy tirikdir». Keyin Qur'oni Karimdan quyidagi oyatni o'qidi:


وَمَا مُحَمَّدٌ إِلَّا رَسُولٌ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِ الرُّسُلُ أَفَإِن مَّاتَ أَوْ قُتِلَ انقَلَبْتُمْ عَلَى أَعْقَابِكُمْ وَمَن يَنقَلِبْ عَلَى عَقِبَيْهِ فَلَن يَضُرَّ اللَّهَ شَيْئًا وَسَيَجْزِي اللَّهُ الشَّاكِرِينَ

«Muhammad ham bir Rasul, xolos. Undan oldin ham rasullar o'tgan. Agar u o'lsa yoki qatl qilinsa, orqangizga qaytasizmi?! Kimki orqasiga qaytsa, Allohga hech qanday zarar keltira olmas. Va Alloh shukr qiluvchilarni albatta mukofotlar» (Oli Imron surasi, 144-oyat).
(Ibn Hishom, Siyra, 2/216; Ibn Sa'd, Tabaqot 2/211; Ibn Kasir, Bidoya, 5/280)

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

27.11.2026   32548   2 min.
O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Ummat birligi yo‘lida:

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Turkiyada «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida xalqaro maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ishtirok etdi.

Dunyoning 25 dan ortiq mamlakati, jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, yetuk islomshunos olimlar qatnashgani anjumanning yuksak mavqeidan dalolat berdi.

Yig‘inda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ma’ruza qildi. Nutqda Vatanimiz musulmonlarining yaqin o‘tmishdagi og‘ir sinovli davrlari bilan bugungi farovon kunlari qiyosiy tahlil etildi. Xalqimiz har qanday murakkab sharoitda ham islom diniga muhabbatini saqlab qolgani, ulamolarimiz diniy ilmlarni yashirin tarzda bo‘lsa-da, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib kelgani ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimizda yangi diniy va ilmiy uyg‘onish davri boshlangani, uning amaliy mevasi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Fatvo markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar, qisa vaqt ichida bir yarim milliondan ziyod savollarga javoblar berilgani haqida muxtasar aytib o‘tildi.

Ma’ruza ravon, lo‘nda bayon etilgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, hikmatli va go‘zal kalom insonlar orasini yaqinlashtiradi. Ayniqsa, ummat birligi yo‘lida so‘zlansa. Zero, Muftiy hazratlari bugungi ummat oldida turgan eng dolzarb masalalar, ularning oqilona yechimlari yuzasidan muhim takliflarni o‘rtaga tashladi. O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun alohida minnatdorlik izhor etilgani ham shunga dalolat qiladi.

Ushbu chiqish yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi yuksak nufuzini yana bir bor namoyon etib, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ ajdodlarimizning munosib izdoshlari bugun ham borligini ko‘rsatdi. Ulamolar yurti bo‘lgan muqaddas zaminimizdan bunday zabardast olimlar yetishib chiqishi, inshaalloh, bardavom bo‘lajak.

Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi
MAQOLA