Ilgari “Halkopratea” cherkovi sifatida tanilgan va Istanbul fathidan so'ng “Lala Hayrettin” masjidiga aylantirilgan 1600 yillik tarixiy maskan yana mahalliy va xorijlik mehmonlarni qabul qila boshladi.
“Islom poytaxti” internet resursiga ko'ra, qadimiy inshoot restavratsiyadan so'ng prezident Rajab Toyyib Erdug'on tomonidan rasman qayta ochilgan.
20-asr boshlarida sodir bo'lgan zilzila tufayli masjidning ko'p qismi qulab tushgan. 1960-yillarda masjid maydonida olib borilgan qazishmalar Vizantiya va Usmonli davriga oid tafsilotlarni ochib berdi.
Uni qayta tiklash ishlari 15 yil oldin keng ko'lamli reja bo'yicha boshlangan edi.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Sergeli tuman hokimligi va Toshkent shahar Ma’rifiy targ‘ibot markazi hamkorligida Sergeli tumanidagi “Mudarris xalqaro maktab”ida poytaxtimizda joylashgan “Minor” jome masjidi imom-xatibi Rahmatulloh domla Sayfutdinov ishtirokida “Kengmakon” mahallasida istiqomat qiluvchi ota-onalar va aholi vakillari bilan ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda davomida farzand tarbiyasi, odob-axloq va ilm egallashning ahamiyati haqida so‘z yuritildi. Ota-onaga hurmat, Vatanga sadoqat va ma’naviy poklik yoshlarni yot g‘oyalardan asrashda muhim vosita ekani ta’kidlandi. Shuningdek, oiladagi tarbiyaning kuchi, ota-onaning farzandga namuna bo‘lishi jamiyat barqarorligiga xizmat qilishi qayd etildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati