Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2025   |   3 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:43
Peshin
12:30
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:27
Bismillah
26 Avgust, 2025, 3 Rabi`ul avval, 1447

“Al-Azhar” Tailandda dinlarning tinch-totuv yashashga targ'ib etishiga bag'ishlangan konferentsiya o'tkazadi

12.07.2024   2412   1 min.
“Al-Azhar” Tailandda dinlarning tinch-totuv yashashga targ'ib etishiga bag'ishlangan konferentsiya o'tkazadi

Dunyodagi mashhur “Al-Azhar” islom universiteti Tailandda dinlarning tinch-totuv yashashni targ'ib etishiga bag'ishlangan konferentsiya o'tkazishni rejalashtirmoqda. Unga jahonning yirik diniy konfessiyalar rahbarlari taklif etiladi, deb xabar bermoqda, “Arab News” nashri.

Anjumandan ko'zlangan maqsad – o'zaro birdamlikni mustahkamlash, dinlar o'rtasidagi muloqotni rivojlantirish, tinchlik va bag'rikenglik masalalarini muhokama qilishdan iborat.

Mazkur xalqaro tadbirni muvofiqlashtirish maqsadida “Al-Azhar” majmuasi raisi, doktor Ahmad at-Toyyib Bangkokda Tailand qiroli Maxa Vajiralongkorn va qirolicha Suthida bilan suhbatda bo'ldi.

Uchrashuvda “Al-Azhar” universitetida tailandlik talabalar sonini oshirish va mamlakatdagi islom markazlariga universitet dasturiga muvofiq dars o'tishga ruxsat berish bo'yicha kelishuvga erishildi, deb yozadi, “Arab News”.

Bundan tashqari, doktor Ahmad at-Toyyib Tailandda arab tilini o'rganish markazlarini ochishga tayyorligini ma'lum qildi va Tailand imomlarini “Al-Azhar”da malaka oshirish uchun o'qishga taklif qildi.

 

O'zbekiston musulmonlari idorasi xodimi I.Ahmedov tayyorladi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar xohlamasang, qaytib ketadi

25.08.2025   1642   1 min.
Agar xohlamasang, qaytib ketadi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi besh kishilik taom hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni ham chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bilan bir kishini ham olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy egasi: «Yo Rasululloh, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan