Shu yilning 9 iyul' kuni Liviya poytaxti Tripolida Qur'oni karimni yoddan o'qib berish bo'yicha 12-xalqaro musobaqa bo'lib o'tadi. Unda dunyoning 62 davlati vakillari ishtiroki etishi kutilmoqda.
IQNA saytining “Livia Observer” nashriga tayanib xabar berishicha, Liviyaning Vaqflar va Islom ishlari bo'yicha bosh boshqarmasi 9 iyul' kuni Qur'oni karimni yoddan o'qib berish bo'yicha 12-xalqaro musobaqa boshlanganini e'lon qildi.
Liviya jamg'armasi ma'muriyati ushbu tanlov doirasida turli madaniy va ilmiy tadbirlar o'tkazilishini ham ma'lum qildi.
Hifz, xushovoz va tartilni o'z ichiga olgan ushbu musobaqalar mamlakatdagi 10 yillik tanaffusdan so'ng qayta tiklanmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Qiyomat kuni ikki kishiga Alloh taolo rahmat nazari bilan qaramaydi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taolo qiyomat kuni ikki kishiga rahmat nazari bilan qaramaydi. Ulardan biri qarindosh-urug‘i bilan aloqalarini uzgan kishi bo‘lsa, ikkinchisi yomon qo‘shnidir”.
Shunday ekan, kim Allohning nazaridan umidvor bo‘lsa, silai-rahmni uzmasligi, qo‘ni-qo‘shnilar bilan yaxshi qo‘shnichilik qilishi lozim.
Alloh taolo barchamizni O‘zining rahmatiga sazavor aylasin!
Ruhiddin Akbarov,
O‘MIning Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi