Sayt test holatida ishlamoqda!
14 May, 2025   |   16 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:05
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:37
Xufton
21:05
Bismillah
14 May, 2025, 16 Zulqa`da, 1446

Imom Termiziy markazi va Malayziya islom tsivilizatsiyasi instituti o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

03.10.2023   1225   2 min.
Imom Termiziy markazi va Malayziya islom tsivilizatsiyasi instituti o'rtasida Hamkorlik memorandumi imzolandi

Joriy yilning 25-30 sentyabr' kunlari O'zbekiston elchixonasi ko'magida Malayziya Islom tsivilizatsiyasi instituti direktori Fariza Sham boshchiligidagi delegatsiyaning mamlakatimizga amaliy safari tashkil qilindi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Malayziya Islom tsivilizatsiyasi instituti (Islam Hadhari Institute) mamlakat Milliy universiteti qoshida ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 2007 yilda tashkil etilgan. Muassasa islom tsivilizatsiyasiga oid Malayziyaning etakchi ilmiy muassasasi va axborot-tahliliy markazi hisoblanadi.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi taklifiga binoan Malayziya delegatsiyasi 28 sentyabr' kuni Abu Rayhon Beruniyning 1050 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan «Abu Rayhon Beruniy ilmiy merosining jahon fani rivojidagi o'rni»mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi.

Fariza Sham o'zining nutqida Beruniy shaxsiyati va fazilatlari, uning islom tsivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan hissasi haqida so'zlar ekan, «har bir yosh avlod Beruniyni o'zi uchun ibrat deb bilsa, uning insoniy xususiyatlariga ergashsa, unga o'xshashga intilsa, hayotiga yanada mazmun kiradi va katta ishlarga qodir bo'ladi», deya ta'kidladi.

Tashrif davomida Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Muzaffarxon Joniyev bilan uchrashuv o'tkazildi.

Tomonlar o'rtasida Hamkorlik memorandum imzolandi. Tegishli kelishuvga joriy yil 16 iyun' kuni o'tkazilgan onlayn uchrashuv natijasida erishilgan edi. Mazkur memorandum ikki muassasa o'rtasida O'zbekiston zaminida etishib chiqqan allomalar merosini o'rganish, nodir manbalarni tadqiq etish, ilmiy xodimlar malakasini oshirish, konferentsiya va seminarlar o'tkazish kabi yo'nalishlarda amaliy hamkorlikni nazarda tutadi.

Shuningdek, safar davomida Fariza Shamning O'zbekiston Halqaro islom akademiyasi va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tashrif buyuruvchi professor sifatida ochiq dars va ma'ruzalari tashkil qilindi.

Bundan tashqari, O'zbekiston Islom tsivilizatsiyasi markazi bilan muzokaralar o'tkazilib, kelgusi rejalar va 2024 yilda Toshkent shahrida «Islom tsivilizatsiyasining buyuk allomalari» mavzusidagi to'rtinchi xalqaro ilmiy-amaliy seminarni uyushtirish istiqbollari xususida fikr almashildi.

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xushxabar: Haj safari boshlandi!

13.05.2025   4160   1 min.

Bugun, 13 may kuni muborak haj safarini niyat qilgan hojilarimizning dastlabki guruhi muqaddas zamin tomon yo‘lga chiqishdi. 

Bo‘lg‘usi hojilarni kuzatish uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida jam bo‘lishdi. 

Muborak safar oldi Muftiy hazratlari Alloh taoloning bayti sari yo‘l olayotgan ziyoratchilar eson-omon Haj amallarini bajarib, yurtimizga sog‘-salomat qaytib kelishlarini so‘rab xayrli duolar qildilar.
Shunday qilib, orzulari ro‘yobidan his-hayajonga to‘lgan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Toshkent xalqaro aeroportidan Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdilar.

Alloh taolo Haj amalini ado etishga otlangan yurtdoshlarimizning safarlarini xayrli va barakali qilsin!

Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi! Xushxabar: Haj safari boshlandi!
O'zbekiston yangiliklari