2024 yil 1 iyul' kuni poytaxtimizdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf majmuasi majlislar zalida Yoshlar kuni munosabati bilan O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Holiqnazar hazratlarining O'MI tizimida xizmat qilayotgan yoshlarga Murojaatnomasini etkazish bo'yicha tadbir tashkil etildi.
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Savol: Assalomu alaykum. Men ko‘pincha jamoat transportlaridan foydalanaman. Shunday holatga ko‘p guvoh bo‘lib qolmoqdaman: maktab yoshidagi ayrim bolalar, hatto ba’zi kattalar ham plastik kartasini to‘lov uskunasiga tutadi, lekin pul yechilmaydi. Yo kartasi ishlamaydi yoki puli yo‘q. Shu holatda kira haqini to‘lmay, tushib ketmoqdalar. Shu ish joizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Yo‘q, bu ish joiz emas. Chunki bu haqdorga haqini bermaslik va o‘zgalar haqqini nohaq yeyishdir.
Alloh taolo o‘z Kalomida bizlarni ogohlantirib, bunday degan: “Mol (va boylik)laringizni o‘rtalaringizda botil (yo‘llar) bilan yemangiz!” (Baqara surasi, 188-oyat).
Shuning uchun bolani yoshlikdan birovning haqidan hazar qilishga o‘rgatish lozim. Arzimagan pulku, deyish gunohni kichik sanashdir. Buning ustiga o‘zganing haqqining katta yo kichigi bo‘lmaydi. Haq egasi kechmagunicha, Alloh taolo ham bunday gunohni kechirmaydi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.