frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Dinda g'uluv ketish halokatdir

02.07.2024   3469   4 min.
Dinda g'uluv ketish halokatdir

“G'uluv” arabcha so'z bo'lib, “chegaradan chiqish va me'yordan oshish” degan ma'nolarni bildiradi. Yana majoziy manosi din ta'limotini talqin qilishda haddan oshishni anglatadi.

G'uluvga borish ilmiy va amaliy masalalarga xos bo'lmay, balki oyati karima tafsirlarida shariat maqsadlariga zid fikrlarni bayon qilishda ham bo'lishi mumkin. Masalan, oyati karimalar tafsirini biron fikr va g'oyaga moslashtirishga urinish kabilar ham dinda xaddan oshish hisoblanadi. Dindagi g'uluvga ketishning eng  yomon oqibati etarli ilmi bo'lmasa ham qur'onni o'zicha tushunishdir. Bundan tashqari, xadislarga o'zicha amal qilish va to'rt mazhabdan birortasiga qat'iy ergashmaslikdir. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: “Ayting: “Ey ahli kitoblar! Diningizda haddan oshmangiz va oldindan adashgan va ko'plarni adashtirgan, hamda to'g'ri yo'ldan chalg'iganlarning  havoyi nafslariga ergashmangiz! (Moida surasi, 77-oyat).

Dinda chuqur ketmaslik xaqida Rasululloh sollollohu alayhi  va sallam bunday deganlar: “Alloh taolo shariatida chuqur ketuvchilar halok bo'ldilar, deb uch marta aytishlarida, dinda haddan  tashqari ziyodalik qilish insonni halok qilish bilan teng ekanligidan ogohlantirdilar”.

 Haromni halol deb bilish, gunohkor kishini kofirga chiqarish, Alloh taolo halol qilgan narsalarni biron – bir shar'iy dalilsiz, masalan, qoshiq bilan taom iste'mol qilishni yoki soat taqishni nojoiz deb bilish kabilar ham dinda g'uluvga ketish xisoblanadi.

Kim Alloh taologa U Zotning O'zi joriy qilgan shariatdan boshqa yo'l bilan qurbat xosil qilishga harakat qilsa, shubxasiz, adashgan bo'ladi.  “Bilingizki, oralaringizda Allohning Payg'ambari bordir. Agar u ko'p ishlarda sizlarga bo'yinsunsa, albatta, sizlar mashaqqatlarga duchor bo'lur edingiz” (Hujurot surasi, 7-oyat).

Dinimiz dunyodan yuz o'girib butunlay ibodatga berilishdan qaytaradi.Hakim donishmand isonlar aytgan bir jumla bor:,,Dunyoda yo'lovchi kabi bo'l.Ortingdan faqat chiroyli izlarni qoldir.Biz bu dunyoda bir mehmonmiz,xolos.Mehmonning jo'nashdan boshqa chorasi yo'q"Shunday ekan din va dunyo ishini teng olib borgan odam barchani muhabbatiga ega bo'ladi ham chiroyli amalari bilan eslanadi. Chunki sahobalar roziyallohu anhumdan uch nafari nasorolarning rohiblariga o'hshab dunyodan butunlay uzilishni iroda qildi. Ulardan birlari kechaning xammasini bedor o'tkazishni, ikkinchisi doimo ro'za tutib yurishni, uchinchilari ayollardan uzoqda bo'lishni qasd qilganlarida. Bu holatdan payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam habar topdilar va barchalarini chaqirib, qilgan ishlarini inkor etganlari va: “Ogoh bo'ling! Allohga qasamki, men Allohdan eng ko'p qo'rqadiganingizman, Unga eng ko'p taqvo qiladiganingizman. Ammo ro'za ham tutaman, og'zim ochiq ham bo'ladi. Namoz o'qiyman, uxlayman ham, ayollarni nikohimga ham olaman. Dedilar.

Rasululloh sollallohu  alayhi vasallamning sunnatlari – kishi bu dunyodagi o'z nasibasini haddan oshmasdan olishidir. Alloma ibn Hajar rahimahullohning  g'uluvga “Biror narsadan mubolag'a qilib, unda qattiqlik qilishdir”, deb ta'rif bergan. Imom Navaviy esa g'uluvni “Shariatda talab etilgan narsaga qo'shimcha kiritish”, deb atagan.

Abdul Karim Yunus Hatibning ta'rifi quyidagichaa: Dinda g'uluvga ketish musulmon jamiyatida ixtilof va guruxbozlikka, fitnaga va oxir – oqibat, aqidaning buzilishiga olib keladi. Islom tarixida xavorij, mo'tazila va boshqa oqim, toifalarning vujudga kelishi ham asosan, dinda g'uluvga ketish oqibatida sodir bo'lgan. Ayni vaqtda, g'uluvga berilganlar dinni o'ta og'ir va mashaqqatli tushuntirganlari bois, odamlar to'g'ri yo'ldan adashib, undan bezib qoladilar.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam g'uluv masalasida quyidagi hadisni aytganlar: “Dinda g'uluvga ketishdan saqlaninglar. Sizlardan oldingilarni dinda g'uluvga ketishdan boshqa narsa halok qilgan emas”, deganlar (Imom Nasoiiy, “Sunan”, “Manosiklar kitobi”, 5/278).

Jumhur ulamolar dinda g'uluvga ketish oqibatida yuzaga keladigan og'ir zararlar sifatida quyidagilarni qayd etishgan: Allohdan uzoqlashtiradi; do'zahni vojib qiladi.

Mazhabboshimiz Imom Abu Hanifa rahimahullohu alayhi “Musulmon kishini, bir gunohni qilgani bilan, o'sha gunohni halol sanamasa, uni kofirga chiqarmaymiz”, deganlar.Alloh taolo doim e'tiqodda,amalda,so'zimmizda bizlarni toyilishlikdan saqlasin.

   Abdurashid Iminov,
Uchqo'rg'on tumani “Ho'ja Said” jome
masjidi imom xatibi

MAQOLA
Boshqa maqolalar

Luqmoni Hakimning hikmatli so‘zlaridan

27.06.2025   2147   3 min.
Luqmoni Hakimning hikmatli so‘zlaridan

1. Allohga taqvo qilishni tijorat deb bil, shunda u senga molsiz foyda keltiradi.

2. O‘zingni senga muhtoj bo‘lmagan, lekin sen unga muhtoj bo‘lgan kishining o‘rniga qo‘y.

3. Xarsang toshlarni joyidan ko‘chirish, ongsiz odamga anglatishdan osonroqdir.

4. Jannatni talab qilishda oliy himmatli bo‘l.

5. Allohdan shunday umid qilki, u bilan Uning makridan omonda bo‘lma va Allohdan shunday qo‘rqki, u bilan Uning rahmatidan umidsiz bo‘lma.

6. Men hech qachon sukutdan afsuslanmadim. Agar gap kumush bo‘lsa, sukut — oltin.

7. Hikmat kambag‘allarni podsholarning majlislarida o‘tkazgan.

8. “Yo Robbim, meni mag‘firat qil” — deb ko‘p takrorla, zero Allohning bir soati borki, u vaqtda so‘rovchi rad etilmaydi.

9. Kim yolg‘on gapirsa, yuzining suvini (obro‘yi) ketadi, kimning xulqi yomon bo‘lsa, g‘am-tashvishi ko‘payadi.

10. Allohdan qo‘rq, lekin qalbing fojir bo‘laturib, odamlar seni hurmat qilishlari uchun o‘zingni ularga Allohdan qo‘rqadigan qilib ko‘rsatma.

11. Amal faqat yaqiniy ishonch (e’tiqod) bilangina mukammal bo‘ladi, kimning e’tiqodi zaif bo‘lsa, amali ham zaif bo‘ladi.

12. Yolg‘on gapirishdan ehtiyot bo‘l, zero u pishirilgan chumchuq go‘shti kabi ishtahalidir, lekin ko‘p o‘tmay  egasini ichini yondiradi.

13. Majlisni ko‘zing bilan ko‘rib tanla, agar Alloh zikr qilinadigan majlis bo‘lsa, u yerda o‘tir. Agar olim bo‘lsang, ilming naf beradi, agar johil bo‘lsang, senga o‘rgatishadi, agar Alloh u majlisga rahmatini nozil qilsa, sen ham shu rahmatdan bahramand bo‘lasan.

14. Qarzdorlikdan ehtiyot bo‘l, chunki u kunduzi xorlik va tunda g‘amdir.

15. To‘qlik ustiga ovqat yemagin —  chunki unday taomni yegandan ko‘ra itga tashlagan yaxshiroq.

16. Agar shayton senga shubha va gumon orqali kelsa, uni yaqiniy ishonch va nasihat bilan yeng, agar u tanballik va zerikish tomonidan kelsa, qabr va qiyomatni eslab yeng, agar u xohish va qo‘rquv tomonidan kelsa, unga dunyo tark etiladigan va qoldiriladigan narsadir, deb ayt.

17. Tilingdan chiqqan gaplarga ehtiyot bo‘l, sukut qilgan kishi omonda bo‘ladi, faqat foydasi bor gaplarni gapir.

18. Yuzingni niqoblashdan (ya’ni shubhali qiyofadan) saqlan — chunki, u kechasi odamlarni qo‘rqitadi, kunduzi esa xo‘rlik keltiradi.

19. Men tosh, temir va og‘ir yuklarni ko‘tardim, ammo yomon qo‘shnidan og‘irroq narsani ko‘rmadim.

 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV