O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi 948-XII-son qarori bilan "27 iyun' – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni" sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan, Joriy yil 27 iyun' kuni O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan bir qator Matbuot xizmati xodimlarini bayram bilan taqdirlash maqsadida tadbirlar tashkil etildi. Tadbirlarda ta'lim muassasalar rahbarlari, pedagog-o'qituvchi va xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda Matbuot kotiblari, operatorlik va boshqa texnik xizmatlari, mehnati e'tirof etilib, ta'lim muassasalar rahbariyati tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandilar.
Shuningdek, media yo'nalishida faol bo'lgan bir qator talabalar hamda ta'lim muassasalrning tashkiliy ishlaridagi xizmatlari uchun ham taqdirlandilar.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Ta'lim va ilmiy-tadqiqot bo'limi mutaxassisi Abdunosir Bobamirzayev.
Bugun, Zulhijjaning 8-kuni mehmonxonadan tashkiliy guruh boshchiligida avtobuslarda talbiya aytib, Minoga yetib kelgan bo‘lg‘usi hojilarimiz: "Allohim bu Minodir. Sen do‘stlaringga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in’om et!”, deb duolar qilishdi.
Mino maydonida O‘zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu yerda hojilarimiz bemolol ibodat qilishlari uchun sharoit hozirlangan. Shuningdek, tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chodirlarga olib kelib ulashilmoqda.
Nabiy alayhissalom sunnatlariga muvofiq, bugun Minoda tarviya kuni peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysida erta tongdan to kun botgunga qadar ulamolarning suhbatlaridan bahramand bo‘lib, toatu ibodat va duoyu iltijolar bilan o‘tkazishmoqda.
Alloh taolo barcha hojilar qatorida, yurtimiz hojilarining ham duo va ibodatlarini qabul aylasin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati