frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Koll-markaz 7 tilda 50 ming savolga javob berdi

26.06.2024   1944   1 min.
Koll-markaz 7 tilda 50 ming savolga javob berdi

1445 hijriy sanasidagi haj mavsumi boshlanganidan buyon Saudiya Arabistoni Sog'liqni saqlash vazirligi 937 sall-markazi orqali 47 mingdan ortiq qo'ng'iroqlarni qabul qilib, ziyoratchilarga bir necha tillarda xizmat ko'rsatgan, deb yozadi IslamNews.

Ko'rsatilayotgan xizmatlar orasida ziyoratchilarni qiziqtirgan savollarga javob berish, tibbiy maslahatlar berish, murojaatlarni ro'yxatga olish kabilar o'z ichiga olgan bo'lib, ular o'z vaqtida va tezkorlik bilan ko'rib chiqildi.

Sog'liqni saqlash markazi ushbu 1445 Haj mavsumida barcha mavjud kanallar orqali haj ziyoratchilariga sifatli xizmat ko'rsatishda davom etmoqda. U kun bo'yi barcha so'rovlar, tibbiy maslahatlar va shoshilinch shikoyatlarni qabul qiladi va ko'rib chiqadi.

Markaz shuningdek, muqaddas qadamjolardagi barcha tibbiyot muassasalarida bedarak yo'qolgan va kasalxonaga yotkazilgan ziyoratchilarni qidirishga yordam beradi, etti tilda: ingliz, urdu, frantsuz, indonez, turk, fors va arab tillarida faoliyat olib boradi. 

O'zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Maqolalar

“Guruhbozlik qilmang!”

26.06.2025   4711   1 min.
“Guruhbozlik qilmang!”

Sabrsizlik musulmonlar orasida turli ixtiloflar, urush-janjallar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Alloh Taolo sabr qiluvchilar bilan bo‘ladi. Ularni turli yomonliklardan asraydi. Sabr qilmay, chidamsiz bo‘lganlar esa, ixtilof girdobiga duchor bo‘ladilar.

Oyati karimaning oxirida Alloh taolo: “Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir”, deb marhamat qilgan.

Shuningdek, Alloh taolo “Rum” surasi 31-32 oyatlarda mo‘min-musulmonlarga quyidagi xitobni qiladi: “...Va mushriklardan bo‘lmang. Dinlarida tafriqaga tushgan, guruh-guruh bo‘lib olib, har bir jamoa o‘z oldidagi narsadan shod bo‘lganlardan bo‘lmang”.

Demak, dinda tafriqaga tushish mushriklarning ishi bo‘lib tanilgan ekan. Guruh-guruh bo‘lib olib, ixtilof chiqarish, talashib-tortishish ham mushriklarning ishi ekan. Har bir jamoa o‘z oldidagi narsadan shod bo‘lib, boshqalarni past sanashi ham mushriklarning ishi ekan.

Alloh taolo “An’om” surasi 109-oyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib: “Dinlarini tafriqa qilib, o‘zlari guruhbozlik qilganlar bilan hech bir aloqang yo‘q. Albatta, ularning ishi Allohning O‘ziga havola. So‘ngra qilgan ishlarining xabarini berur”, degan.

Ushbu oyati karimada Alloh taolo tafriqa va guruhbozlikka olib boradigan nizo hamda ixtiloflarni Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yo‘llaridan boshqa, ul hidoyat yo‘liga teskari yo‘l hisoblamoqda. Alloh taolo bu oyatda tafriqa va guruhbozlik Payg‘ambarimizning ummatlariga munosib emasligini qattiq ta’kidlamoqda.

Alloh taolo “Oli Imron” surasida siz bilan biz musulmonlarga xitob qilib: “O‘zlariga ochiq bayonotlar kelganidan keyin bo‘linib, tafriqaga tushganlarga o‘xshash bo‘lmanglar! Ana o‘shalarga ulug‘ azob bordir”, degan.

Tafriqaga tushib bir-birimiz ila tortishish nizolar urchib, fayzu baraka ko‘tarilishiga sabab bo‘ladi.

Yangiqo‘rg‘on tumani "Sayid bobo Termiziy" jome masjidi

imom-xatibi Abduvali Mahmudxonov

@SOFTALIMOTLAR

MAQOLA