Jazoir axborot markazining xabar berishicha, poytaxt Jazoirda Qur'on maktabining ochilish marosimida so'zga chiqqan Yusuf Belmahdiy mamlakatda Qur'on maktablari va Qur'on markazlarining jadal rivojlanishini olqishladi.
Uning aytishicha, 1,2 milliondan ortiq jazoirliklar Qur'on maktablari va markazlarida Qur'on kurslarida tahsil olmoqda. Ular Qur'on yod olish, tilovat va tafsir o'rganishmoqda, dedi u.
Vazir yozgi Qur'on maktablarini yuritish bo'yicha mas'ullarning sa'y-harakatlarini yuqori baholadi va o'tgan yili bu maktablarda Qur'on o'rganish uchun 500 mingga yaqin talaba ro'yxatdan o'tgan bo'lsa, bu yil yozda Qur'on kurslariga yozilayotgan talabalar soni ko'proq ekanini aytdi.
Belmahdiyning aytishicha, vazirlik bu yozda boshqa Qur'on tadbirlari, jumladan yozgi Qur'on lagerlari ham tashkil qilgan.
#yangilik
@quranuz_kanali
O‘zbekiston musulmonlari idorasida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning muammolariga amaliy yechimlar berilmoqda.
Jumladan, bugun, 11 mart kuni Diniy idora raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov navbatdagi qabulni o‘tkazib, ta’lim, oilaviy masalalar va moddiy yordam so‘rab kelgan fuqarolar bilan samimiy suhbatlashdi.
Murojaatchilarning oilaviy munosabatlarda kelganlariga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.
Bu ezgu an’ana nafaqat markaziy idorada, balki yurtimizdagi barcha jome masjidlarda ham har chorshanba kuni imom-xatiblar tomonidan muntazam davom ettirilmoqda. Zero, insonlar og‘irini yengil qilish – asosiy maqsadimiz.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati