Markaziy bank Boshqaruvining 2026 yil 18 noyabrdagi tegishli qarorlariga muvofiq, quyidagi tijorat banklariga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar berildi:
AITB "Ipak Yo‘li";
"ASIA ALLIANCE BANK" ATB;
"Orient Finans" XATB;
"HAYOT BANK" AJ.
Mazkur litsenziyalar banklarga O‘zbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish huquqini beradi.