Sayt test holatida ishlamoqda!
15 May, 2025   |   17 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:29
Quyosh
05:04
Peshin
12:24
Asr
17:24
Shom
19:38
Xufton
21:07
Bismillah
15 May, 2025, 17 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI

20.07.2024   4455   1 min.
BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bugun 20 iyul kuni Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazida “Imom Buxoriyning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Imom Buxoriy hadis maktabi rahbarlari, ilmiy jamoalar, olimlar, ilmiy xodimlar,  davlat va jamoat tashkilotlari hamda jamoatchilik vakillari, nuroniylar ishtirok etdi.
Anjumanda Imom Buxoriy merosining ilmiy ahamiyatini, islom ta’limoti asoslaridan bo‘lgan hadislarni jamlab, ulardan ishonchlilarini saralab bergan buyuk muhaddis olim hayoti va ilmiy yo‘lini chuqur o‘rganish va jamoatchilik orasida zamonaviy usullarda keng targ‘ib qilish zaruratini alohida qayd etildi. 
Konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov so‘zga chiqib, Imom Buxoriyning xizmatlarini e’tirof etib, u zot qoldirgan boy meros islom olami uchun alohida faxr ekanini ta’kidladi. Mamlakatimizda buyuk vatandoshimiz Imom Buxoriyning boy ilmiy merosini puxta o‘rganish, keng targ‘ib va tashviq qilish va hayotga tatbiq etish borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, ilmiy-ijodiy faoliyatlari bilan bir qatorda ul zotning hayotlari, axloq-odoblari, yuksak insoniy fazilatlarida biz uchun ibrat, namuna ekanini  qayd etib o‘tdi.  
Konferensiya yakunida Imom Buxoriy majmuasida allomaning “Sahihi Buxoriy” asari xatm qilindi.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI BUYUK ALLOMA MЕROSIGA BAG‘ISHLANGAN ANJUMAN O‘TKAZILDI
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

14.05.2025   1994   1 min.
Xudoga xush keladigan ishlarni qilaylik!

Dunyoda shunday ishlar borki, Alloh taologa suyukli bo‘ladi. Ulardan biri ko‘ngilni shod etish hisoblanadi.

 

Bu haqda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Alloh taologa farz ibodatlardan keyin eng maqbul ish – musulmon kishining ko‘ngliga surur (xursandchilik) yetkazishdir”.   

 

Darhaqiqat, o‘zga kishining ko‘nglini olish, uni xursand qilish xayrli amallardandir. Hazrati Alisher Navoiy:

 

Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay, deya bejiz aytmagan.

 

Musulmonning ko‘ngliga ozor berish esa, xunuk ishlardandir. Bu haqda xalqimizda: “Dilozordan Xudo bezor”, degan naql bor.

 

Alloh taolo barchamizni o‘zgalarga ozor berishdan saqlab, Alloh taologa suyukli bo‘lgan ishlarni qilishga muvaffaq aylasin!

 

Ruhiddin Akbarov,

O‘MIning
Qashqadaryo viloyat vakilligi xodimi