Bismillahir Rohmanir Rohiym
Alloh taolo Qur’oni karimda O‘zini va mahbubini zikr qilganda ushbu ikki ismni bog‘lash uchun o‘rtada bog‘lovchi sifatida «vav» harfini keltiradi:
﴿مَنْ يُطِعِ اللَّهَ وَ رَسُوْلَهُ فَقَدْ فَازَ فَوزًا عَظِيمًا﴾
«Kim Allohga va Uning Rasuliga itoat qilsa, batahqiq, buyuk zafarga erishibdi» (Ahzob surasi, 71-oyat).
Arab tilida “vav” teng bog‘lovchi bo‘lib, ikki yoki undan ortiq kalimani bir-biriga teng holda bog‘lab keladi. Ushbu oyatdan: “Alloh taologa qanday bo‘ysunsangiz Uning Rasuliga ham xuddi shunday bo‘ysuning”, degan ma’no kelib chiqadi.
Shayx Zulfiqor Ahmad Naqshbandiyning
"Ishqi Rasul" kitobidan Nodirjon Odinayev tarjimasi