Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Dekabr, 2025   |   6 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:22
Quyosh
07:47
Peshin
12:29
Asr
15:19
Shom
17:04
Xufton
18:23
Bismillah
26 Dekabr, 2025, 6 Rajab, 1447

Latviyada Islom

28.09.2023   2302   2 min.
Latviyada Islom

Horijiy ommaviy axborot vositalari ma'lumotlariga ko'ra, Latviyada Islom dini ommaviylashib bormoqda. Tahlilchilar yaqin yillarda Latviya ham xuddi Yevropaning aksar davlatlari singari ko'plab musulmonlarning vataniga aylanishini bashorat qilishyapti.

Hozirgi vaqtda Latviyada 12 ta islomiy tashkilot ro'yxatga olingan. Ular Rigadagi “Imon”, “Qur'on”, “Islom” tashkilotlari va boshqa shaharlardagi “Omina”, “Marzoniy”, “Salom”, “Rayyon” hamda Yekabpils, Riga shahri atrofi­dagi Vidzemsk va Zemgal'sk shaharchalari­dagi musulmon jamoalaridir.
Latviya universiteti ilohiyotshunos­lik fakul'teti o'qituvchisi Valdis Te­raudkalis mamlakatda musulmonlar tez ko'payayotganini e'tirof etdi. U buning ajablanadigan joyi yo'qligi, chunki jamiyatda Islomning munosib o'rni borligini ta'kidladi.

– Mamlakatda musulmonlar soni or­tib bormoqda. Bu bir qarashda ko'zga yaq­qol tashlanmaydigan jarayon. Islomga kirayotganlarning ko'plari latishlar va ruslardir. Ammo Latviyada ham boshqa davlatlardagi kabi islomofobiya mavjud va odamlar ko'pchilikka uncha tanish bo'lmagan dindan qo'rqadi, – deydi ilohiyotshunos ekspert.

– Islom haqidagi salbiy tasavvurlar ko'pincha u xususda etarlicha ma'lumotga ega bo'lmaslik oqi­batida hosil bo'ladi. Holbuki, barcha din­da tajovuzkorlik qattiq qoralanadi. Har bir din keng yoyilish yoki jamiyat manfaatini ifoda etish xususiyatiga ega.
Islomni qabul etgan mahalliy aholi o'rtasida olib borilgan so'rovlardan ayon bo'­lishicha, Latviya aholisidan musulmon bo'lganlarning ko'pchiligi Islom ta'limoti pokizalikka alohida e'tibor qaratga­ni, ibodatlarning muntazamligi hamda insonni har doim hushyorlikka da'vat qilgani uchun dinimizni tanlamoqda.

Damin JUMAQUL tayyorladi.

"Islom nuri" gazetasidan

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+)

25.12.2025   8008   1 min.
Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+)

Namanganda «Inson qadri» kitobi taqdimoti va soha xodimlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 


Namangan shahridagi taqdimot marosimida Musoxon domla Abbosiddinov va boshqa mutasaddilar ishtirok etib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining yangi asari mazmun-mohiyatini tahlil qildilar. So‘zga chiqqanlar kitob jamiyatda mehr-oqibat va odob-axloq tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim dasturilamal bo‘lishini ta’kidladilar.


Shuningdek, tadbir doirasida viloyat va tuman bosh imom-xatiblari uchun yangi dizayndagi maxsus liboslar taqdim etildi.

Tadbir yakunida yil davomida eng faol bo‘lgan imom-xatib va otinoyilarga tashakkurnomalar topshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+) Namanganda kitob taqdimoti va yil sarhisobi o‘tkazildi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari