Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2026   |   18 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
28 Noyabr, 2026, 18 Jumadul soni, 1448

Hotamul anbiyoning sifatlari

27.09.2023   1171   2 min.
Hotamul anbiyoning sifatlari

(U zot) hech bir ixtilofsiz barcha payg'ambarlarning imomidirlar va barcha (yomon sifatlardan) xoli bandalarning nuqsonsiz tojidirlar.

O'shiy rahmatullohi alayh Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sifatlarini bayon qilishda davom etib, u zotni payg'ambarlarning imomi, ulug' afif bandalarning toji deya vasf qilgan. Bu vasfdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qiyomat kunida barcha payg'ambarlardan muqaddam turishlariga ham ishora bor. Bu haqida quyidagi rivoyat kelgan:

Abu Saiddan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men qiyomat kunida Odam bolasining sayyidiman, lekin maqtanish emas. Hamd bayrog'i mening qo'limda bo'ladi, lekin maqtanish emas. O'sha kunda Odammi, undan boshqasimi, mening bayrog'im ostida bo'lmagan biror payg'ambar bo'lmaydi. Men er uning ustidan yoriladigan birinchi kishiman, lekin maqtanish emas” , – dedilar”. “Sunani Termiziy”da kelgan.

Nabiy sollallohu alayhi vasallam “Barcha afif bandalarning tojidirlar” deya vasf qilindi. Afif insonlar deganda qalblari nafsiy illatlardan xoli bo'lgan olimlar, shahidlar va boshqa taqvodor mo'minlar tushuniladi. Toj bezak turlarining ichida eng ko'zga ko'rinib turadigan va eng qiymati yuksak bo'lganidek, Nabiy sollallohu alayhi vasallam ham afif insonlarning eng ko'zga ko'rinib turadigani va eng qiymatlisidirlar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko'rish iymon taqozosi hisoblanadi. Ya'ni Islom dinini bino deb tasavvur qilinadigan bo'lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yaxshi ko'rish o'sha binoni tutib turadigan poydevor maqomidagi tushuncha hisoblanadi. Bu haqida u zotning o'zlari shunday xabar berganlar:

Abu Saiddan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Men qiyomat kunidagi Odam bolasining sayyidiman, lekin maqtanish emas” , – dedilar”. Buxoriy rivoyat qilgan. Sayyidul basharga salavot va salomlar bo'lsin.

«E'tiqod durdonalari»

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

27.11.2026   42123   2 min.
O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Ummat birligi yo‘lida:

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi

Turkiyada «Ummat birligi va global muammolar qarshisida fatvo kengashlari» mavzusida xalqaro maslahat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ishtirok etdi.

Dunyoning 25 dan ortiq mamlakati, jumladan, BAA, Qatar, AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Malayziya, Mavritaniya, Bosniya va Gersegovina, Chernogoriya, Xorvatiya, Bolgariya, Irlandiya hamda MDH davlatlaridan tashrif buyurgan davlat va din arboblari, muftiylar, yetuk islomshunos olimlar qatnashgani anjumanning yuksak mavqeidan dalolat berdi.

Yig‘inda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham ma’ruza qildi. Nutqda Vatanimiz musulmonlarining yaqin o‘tmishdagi og‘ir sinovli davrlari bilan bugungi farovon kunlari qiyosiy tahlil etildi. Xalqimiz har qanday murakkab sharoitda ham islom diniga muhabbatini saqlab qolgani, ulamolarimiz diniy ilmlarni yashirin tarzda bo‘lsa-da, avlodlarga bekamu ko‘st yetkazib kelgani ta’kidlandi.

Shuningdek, bugungi kunda Davlatimiz rahbarining sa’y-harakatlari bilan amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida yurtimizda yangi diniy va ilmiy uyg‘onish davri boshlangani, uning amaliy mevasi sifatida O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Fatvo markazi tomonidan olib borilayotgan ishlar, qisa vaqt ichida bir yarim milliondan ziyod savollarga javoblar berilgani haqida muxtasar aytib o‘tildi.

Ma’ruza ravon, lo‘nda bayon etilgani ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Darhaqiqat, hikmatli va go‘zal kalom insonlar orasini yaqinlashtiradi. Ayniqsa, ummat birligi yo‘lida so‘zlansa. Zero, Muftiy hazratlari bugungi ummat oldida turgan eng dolzarb masalalar, ularning oqilona yechimlari yuzasidan muhim takliflarni o‘rtaga tashladi. O‘zbekiston muftiysining xalqaro yig‘ilishdagi faol ishtiroki va sermazmun nutqi uchun alohida minnatdorlik izhor etilgani ham shunga dalolat qiladi.

Ushbu chiqish yurtimizning dunyo hamjamiyatidagi yuksak nufuzini yana bir bor namoyon etib, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi ulug‘ ajdodlarimizning munosib izdoshlari bugun ham borligini ko‘rsatdi. Ulamolar yurti bo‘lgan muqaddas zaminimizdan bunday zabardast olimlar yetishib chiqishi, inshaalloh, bardavom bo‘lajak.

Zayniddin domla ESHONQULOV,

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari

O‘zbekiston tajribasi xalqaro anjumanda e’tirof etildi
MAQOLA