Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Noyabr, 2026   |   18 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:16
Bismillah
28 Noyabr, 2026, 18 Jumadul soni, 1448

Yo'ldagi voqea

26.09.2023   1460   3 min.
Yo'ldagi voqea

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo'lsin.
Payg'ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo'lsin.

Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hamrohlari Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan Madina sari yo'lda borishar ekan, bir joyda to'xtab, bir cho'ponning o'zidan ruxsat so'rab uning qo'yi sutidan ichishadi.

Odatda arablarda sutni biroz sovutish uchun unga muzdek suv qo'shib ichishar edi. Hazrati Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu suv qo'shilgan sutni Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga uzatadilar. Nabiy sollallohu alayhg'i vasallam chanqoqlari bosilguncha haligi muzdek sutdan ichadilar. Bu holni ko'rib turgan Abu Bakr Siddiq shunday bayon qiladilar:

“Men sutni Nabiy alayhissolatu vassalomga uzatdim. U zot chanqoqlari bosilguncha sutdan ichdilar va chanqoqlari bosildi. Bu holni ko'rib men to'ydim, mening ham chanqog'im bosildi”.

Qarang, birga yo'lga chiqqan, safar mashaqqatlarini birga boshdan kechirgan, birgalikda chanqagan, birgalikda qiynalgan, changu to'zonga belangan Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu hali bir qultum sut ichmasdan, suv ichmasdan mahbubining suv ichib, sut ichib chanqoqlari bosilganini ko'rib, “Men to'ydim, chanqog'im bosildi” deyaptilar. Bu juda ham buyuk muhabbat, azizlar.

Abu bakr Siddiq roziyallohu anhu haqlarida, u kishini sevish haqida ba'zi gaplarni ulamolarimiz keltirishgan.

Jumladan, Ibn Javziy rahmatullohi alayhi shunday deganlar:
“Salafi solihlarimiz o'z farzandlariga Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoni sevishni xuddi Qur'ondan bir sura o'rgatgandek o'rgatishar edi”.

Qarang, Qur'oni Karimdan bir sura o'rganish qanday muhim bo'lsa, qanday jiddiy ish bo'lsa, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoga bo'lgan muhabbatni o'rganish-o'rgatish ham ana shunday jiddiy ish deb qarashar edi.

Tobeinlardan Masruq rahmatullohi alayhi “Albatta, Abu Bakr va Umarni yaxshi ko'rish, ularga muhabbat qo'yish sunnat amallardandir” deganlar. Bu gapni eshitgan bir kishi Hasan Basriy rahmatullohi alayhining huzurlariga borib, “Ey buyuk imom, ey tobeinlarning buyugi, Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumoni sevish sunnat amalmi?” deb so'raganda, u kishi “Yo'q, balki ularni sevish farz amallardandir” deb javob berganlar.
Ha, azizlar! Voqeamiz qahramoni ana shunday buyuk maqom sohibi edilar. U kishining sahobaliklari Robbul olamiyn tomonidan tasdiqlangan, ummatga bayon etilgan zot edilar. U kishi butun borliqlarini oila a'zolari bilan birgalikda Islom uchun fido qildilar, shu yo'lda xizmat qildilar.

Alloh taolo bizga ham ana shunday muhabbat bersin! Ibodatlarimizni ixlos bilan o'z vaqtida ado etib borishimizni nasib etsin, omin!
 

Nozimjon Hoshimjon tayyorladi

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   1289   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar