Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyul, 2025   |   8 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:10
Quyosh
04:55
Peshin
12:32
Asr
17:42
Shom
20:04
Xufton
21:40
Bismillah
03 Iyul, 2025, 8 Muharram, 1447

Qalblarni poklash sari: shahvat seni qulga aylantiradi

08.06.2020   2497   1 min.
Qalblarni poklash sari: shahvat seni qulga aylantiradi

15. Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. U kishi Alloh taoloning: “Gunohlar quruqlikda va dengizda oshkor bo‘ldi”, degan so‘zi haqida gapirib: “Quruqlik - bu tildir, dengiz esa – bu qalbdir. Qachon til fasod bo‘lsa, unga nafslar yig‘laydi. Qachon qalb fasod bo‘lsa, unga farishtalar yig‘laydi”, dedilar.

Til qachon fasod bo‘ladi? Qachonki tildan chiqayotgan so‘zlar qalb ila tasdiq qilinmasa. Qalb qachon fasod bo‘ladi? Agar uning sohibi gunoh amallarni, harom va shubhali luqmalarni tark etmasa.

Hikmatlarda aytiladiki, kim gunohlarni tark qilsa, uning qalbi yumshoq bo‘ladi va kim haromni tark qilib, haloldan yesa uning fikri sof bo‘ladi

16. Ulamolar aytadilarki:
Albatta, shahvat podshohni qulga aylantiradi. Sabr esa qulni podshohga aylantiradi. Siz Yusuf va Zulayxo qissasiga qaramaysizmi!?

Tarixga nazar tashlasak, shahvatiga qul bo‘lib butun mol-dunyosi, obro‘-e’tibori va hatto iymonidan ayrilganlar haqida ko‘plab voqeliklar keltirilgan. Sabr qilganlar esa Allohning inoyati ila horlikdan azizlikka chiqqan! Shahvatini jilovlab, sabrni do‘st bilganlarga Allohning rahmati bo‘lsin!

Saidabror Umarov

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Hadisdagi kenglikdan murod nima?

02.07.2025   1817   1 min.
Hadisdagi kenglikdan murod nima?

Savol: Hadisda “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, deyilganini o‘qidim. Hadisdagi ushbu kenglikdan murod nima?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Haqiqatda, hadisi shariflarda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kimki Ashuro kunida ahli ayoliga kenglik qilsa, Alloh unga yil davomida kenglik qiladi", deb marhamat qilganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar mazkur hadislardagi kenglikni yeb ichish, kiyim-kechak va boshqa narsalarda kenglik qilishni iroda qilingan deganlar. Ya’ni odamlar shu kuni oila a’zolariga xuddi bayramlardagi kabi, balki undan ham yaxshiroq mo‘l-ko‘lchilik qilib bersalar, Alloh taolo ularga yil davomida kengchilik qiladi, deb tushunish mumkin. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi