Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Yanvar, 2026   |   3 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:20
Quyosh
07:43
Peshin
12:40
Asr
15:45
Shom
17:31
Xufton
18:47
Bismillah
22 Yanvar, 2026, 3 Sha`bon, 1447

03.06.2020   2269   1 min.
Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa...

21.01.2026   1157   1 min.
Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa...

Bismillahir Rohmanir Rohiym

عَنْ سَهْلِ بْنِ مُعَاذٍ، عَنْ أَبِيهِ، قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ بَرَّ وَالِدَيْهِ طُوبَى لَهُ، زَادَ اللهُ عَزَّ وَجَلَّ فِي عُمُرِهِ».

Sahl ibn Mu’oz otasidan rivoyat qiladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, unga Tubo bo‘lsin, Alloh azza va jalla uning umrini ziyoda qilsin», dedilar».

Sharh: Bu hadisi sharifda ota-onasiga yaxshilik qilgan farzandlarga katta mukofot va barakotlar va’da qilinmoqda.

Kim ota-onasiga yaxshilik qilsa, unga Tubo bo‘lar ekan. Tubo jannatning nomlaridan biri yoki jannatdagi daraxtning ismi yoxud saodat va yaxshilik ma’nolarini anglatadi. Shularning hammasi va’da qilinmoqda desak, yana ham ma’qul bo‘ladi.


«Umrini ziyoda qilsin» deganda, umrini barakali qilish ma’nosi tushuniladi. Belgilangan umrini yashaydi, lekin Alloh taolo uning umrini barakali qilib qo‘yadi.

Ba’zi ulamolar: «Alloh taoloning O‘ziga oson, belgilangan umrni uzaytirsa ham O‘zining ishi, bunga birov aralasha olmaydi. Allohning irodasini hech kim qaytara olmaydi, xohlasa, shunday bo‘laveradi», deyishadi.

Demak, kim umrim barakali, uzun bo‘lsin desa, ota-onasiga yaxshilik qilishi kerak ekan.

«Odoblar xazinasi» kitobi 1-juz

Maqolalar