N'yu-York meri Erik Adams Ramazon oyi, juma va shom namozlarida tashqi ovoz kuchaytirgichlar orqali azon aytishga ruxsat beruvchi farmoyishni imzoladi. Farmoyish N'yu-York shahridagi masjidlarga daxldor hisoblanadi. Bu haqda “Al Jazira” nashri xabar bermoqda.
Shahar meri endilikda juma va shom namoziga azonni hech qanday e'tirossiz aytish mumkinligini ta'kidladi.
So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda haj safariga oid asossiz e’lonlar ko‘paymoqda. Afsuski, o‘tgan yili yuzlab o‘zbekistonliklar noqonuniy yo‘llar bilan hajga borib, ibodatlarini to‘liq ado eta olishmadi. Ba’zilari deportatsiya qilindi, qamaldi, hatto vafot etganlar ham bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hajni tashkil etish Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi zimmasiga yuklatilgan. Ular Saudiya Arabistoni bilan rasmiy shartnomalar asosida ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatadi.
Saudiya Arabistoni qonunlariga ko‘ra, haj faqat vakolatli tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Noqonuniy yo‘llar bilan hajga borish ibodat qilish imkoniyatini bermaydi va qonunbuzarlik hisoblanadi. Bunday harakatlar deportatsiya va katta miqdorda jarimaga sabab bo‘lishi mumkin.
Ziyoratingiz xavfsiz bo‘lishi uchun firibgarlarga aldanmang va davlat ko‘magida tashkil etilayotgan rasmiy haj safarini tanlang.
Ogoh bo‘ling, firibgarlarga aldanmang!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati