“VAQF” xayriya jamoat fondi 2019 yil faoliyati uchun milliy audit standarti bo‘yicha majburiy audit tekshiruvidan o‘tqazish yuzasidan audit tashkilotini tanlash bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlovda qatnashchilar quyidagi hujjatlar solingan va muhrlangan konvertni taqdim etishlari kerak:
1) Audit tashkilotining tashkiliy xuquqiy shakli, joylashgan yeri, pochta manzili, telefon aloqa raqami to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
2) Litsenziyalar, rahbar imzosi va tashkilotning muhri, sug‘urta polisi, davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma bilan tasdiqlangan nusxalari;
3) Shartnoma predmeti, ariza beruvchining yuridik shaxslar faoliyatining umumiy auditini o‘tkazish tajribasini ko‘rsatgan holda rahbarning imzosi va audit tashkilotining muhri bilan tasdiqlangan tijorat taklifi;
4) Rahbar imzosi va tashkilot muhri bilan tasdiqlangan xujjatlar, jumladan mutaxassislarning tarkibi va malakasini tasdiqlovchi hujjatlar, auditorlik tashkilotida mehnat shartnomasi bo‘yicha ishlaydigan sertifikatlarga ega bo‘lgan xodimlar soni;
5) Audit tashkiloti tomonidan auditorlik xizmatlarining narxini ko‘rsatgan holda, moliyaviy hisobotlarning majburiy auditi taqdim etish to‘g‘risida imzolangan shartnoma loyihasi.
Yuqorida ko‘rsatilgan hujjatlar muhrlangan konvertda quyidagi manzilga taqdim qilish so‘raladi:
Toshkent shahri, Qorasaroy ko‘chasi, 47 “Vaqf” xayriya jamoat fondi
(mo‘ljal Hazrati Imom majmuasi).
Taqdim qilish muddati: e’lon berilgan kundan boshlab 5 (besh) ish kuni.
Tanlov tijorat takliflari topshirishning oxirgi kunidan keyingi ish kunida o‘tkaziladi.
Ma’lumotlar uchun: 78-150-64-36, 78-150-64-37
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalariga 2026-2027 o‘quv yili uchun kirish test sinovlarining 5-hudud (Buxoro viloyati) bo‘yicha imtihon jarayonlari Mir Arab oliy madrasasi binosida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur hudud bo‘yicha diniy ta’lim muassasalariga hujjat topshirgan 657 nafar abituriyent test sinovlarida ishtirok etdi.
Imtihonlarning shaffofligi, adolatliligi hamda tartib-intizomini ta’minlash maqsadida jarayonlarga Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ul rahbarlari, diniy ta’lim muassasalari mutasaddilari, pedagog-o‘qituvchilar hamda ichki ishlar va tibbiyot xodimlari jalb etildi.
Test sinovlari boshlanishidan oldin abituriyentlarga imtihon topshirish tartibi va baholash mezonlari batafsil tushuntirildi. Barcha jarayonlar belgilangan talab va qoidalarga muvofiq, yuqori darajada tashkil etildi.
Tashkilotchilar test jarayonlarining shaffof va tartibli o‘tishiga yaqindan ko‘maklashgan Buxoro shahar ichki ishlar organi, sog‘liqni saqlash boshqarmasi tibbiyot xodimlari hamda diniy ta’lim muassasalari vakillariga o‘z minnatdorligini bildirdilar.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati