Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447

Ilm-fan ro‘za haqida: O‘rta asr musulmon olimlarining siri

19.05.2020   5925   3 min.
Ilm-fan ro‘za haqida: O‘rta asr musulmon olimlarining siri

Olimlar O‘rta asr Sharq musulmon mamlakatlarini, tom ma’noda ilm-fan o‘chog‘i va dunyo tamaddun beshigi sifatida e’tirof etishi barchamizga ma’lum. Tadqiqotchilar musulmon ulamolarning serqirra ijodkor va qomusiy olim bo‘lib yetishish sirlari haqida ko‘plab izlanishlar olib borgan.

Emi Milton, Dauning kolleji katta ilmiy tadqiqotchisi (Kembrij). Miltonning so‘zlariga ko‘ra musulmon olami ilm-fan uyg‘onish davri olimlarining o‘zaro chambarchas bog‘liqlik jihatlari bo‘lgan. Deyarli barchalari o‘xshash odatlar va prinsiplar asosida faoliyat yuritgan.

Jumladan, musulmon olimlarining barchalari asosiy ilhom va motivatsiyani Qur’oni karimdan olishgan. Ular uchun Qur’on yo‘l ko‘rsatuvchi vazifasini bajargan. Shuning bilan birga Qur’on musulmon olimlar uchun ilmiy nuqtayi nazardan, zabt etilmagan cho‘qqi, kashf etilmagan ixtiro, o‘rganilmagan olam uchun eshiklarni ochib beruvchi kalit vazifasini ham bajargan.

Eng qiziqig‘i, musulmon olimlarining barchalarida, kunlik hayot tarzi ham juda o‘xshash bo‘lgan. Deyarli barchalari yil davomida uzliksiz yoki qisqa tanafusili ro‘za tutib yurishgan. Shu sabab ularning miya faoliyati asosiy kuchni organizm ehtiyojlariga emas balki ijodiy, ilmiy ishlarga sarflagan.

Bugungi zamonaviy ilm-fan ham tanaga ortiqcha ozuqa kirishi hamda oshqozon, ichak va boshqa hazmda ishtirok etuvchi a’zolarning (jigar, buyrak, o‘t va boshqalar) uzluksiz faoliyati butun tana, bosh miyani kun davomida faqatgina ovqat hazm qilishga mashg‘ul etib qo‘yishini isbotlagan.

Bu hodisani musulmon ulamolar bundang ming yillar avval anglab yetishganlar. Ular yilda bir bor 30 kun ramazon ro‘zasini tutgach undan keladigan foydani boshqa oylarda ham olishga harakat qilishgan.

Inson tanasi shunday murakkab mexanizmki, unga kerakli meyoriy minimal ozuqa berilsa u o‘zini qayta tiklash xususiyatini kuchaytiradi. Natijada butun jism bor kuchini hazm organlariga ishlatmasdan jismoniy dam oladi. Bu vaqtda esa ruh sokinlashib, miya ortiqcha bosim va stresslarsiz faoliyat yuritadi. Shu orqali olimlar miyaning ko‘plab imkoniyatlaridan foydalanadi.

Musulmon olimlar ro‘za tutganda ham shunchaki och yurmagan, bakli o‘zlarini 3 omilga asosan ihotalagan. Bular:

  • Atrof muhitga munosabatdagi cheklov,
  • Xulq-atvordagi cheklov,
  • Ovqatlanishdagi cheklov.

Mazkur odatdan bugungi kun olimlari ham foydalanib kelmoqda.

Mazkur xulosalarni bugungi kun fan olimlari uzoq tadqiqotlardan so‘ng bildirishgan.

Ammo, ro‘zaning foydalarini bizga bir yarim ming yil avval nozil bo‘lgan Qur’oni karimda Alloh taoloshunday ta’kidlab o‘tgan:

“Ey iymon keltirganlar, oldingi o‘tganlar kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shunda taqvodor bo‘lursizlar. U sanoqli kunlardir, sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa,  boshqa kunlari sanoqni to‘ldirsin. Qodir bo‘lmagan kishilar zimmasida bir miskin taomicha fidya bordir. Kim ixtiyori bilan yaxshilik qilsa, o‘ziga foydadir. Agar bilsangizlar, ro‘za tutishingiz o‘zlaringiz uchun  yaxshidir. Ramazon oyida insonlarga hidoyat bo‘lgan hamda hidoyat va furqonning ochiq bashorati bo‘lib Qur’on tushirilgan. Kim bu oyga yetsa. ro‘za tutsin. Kim bemor yoki safarda bo‘lsa, boshqa kunlari sonini to‘ldirsin. Alloh sizlarga osonlikni istaydi, qiyinchilikni xohlamaydi. Shuning uchun sanoqni mukammal qilinglar va hidoyat qilgani uchun Allohni ulug‘langlar, shoyadki shukr qilsangizlar” (Baqara surasi 183-185-oyatlar).

“Agar bilsangizlar, ro‘za tutishingiz o‘zlaringiz uchun  yaxshidir”!

 

Saidabror Umarov tayyorladi

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar

Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

23.06.2025   4069   1 min.
Ashuro kuni ushbu 2 amalni bajarishni unutmang!

G‘aflatda qolmang! Ertaga Ashuro kuni: Ro‘za tutishni va oilangizga kengchilik qilishni unutmang!


Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi.

Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Ashuro kunining ro‘zasi Allohdan umid qilamanki bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Esda tuting! Muharram oyining yolg‘iz o‘ninchi kunida emas, bu kunga qo‘shib, bir kun oldingi yoki bir kun keyingi kunda ham ro‘za tutish lozim.

 

Ashuro kuni yaqinlarga kengchilik qilish – bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi.

Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy alayhissalom: Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati).

Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”.

 

Davron NURMUHAMMAD