Olimlar O‘rta asr Sharq musulmon mamlakatlarini, tom ma’noda ilm-fan o‘chog‘i va dunyo tamaddun beshigi sifatida e’tirof etishi barchamizga ma’lum. Tadqiqotchilar musulmon ulamolarning serqirra ijodkor va qomusiy olim bo‘lib yetishish sirlari haqida ko‘plab izlanishlar olib borgan.
Emi Milton, Dauning kolleji katta ilmiy tadqiqotchisi (Kembrij). Miltonning so‘zlariga ko‘ra musulmon olami ilm-fan uyg‘onish davri olimlarining o‘zaro chambarchas bog‘liqlik jihatlari bo‘lgan. Deyarli barchalari o‘xshash odatlar va prinsiplar asosida faoliyat yuritgan.
Jumladan, musulmon olimlarining barchalari asosiy ilhom va motivatsiyani Qur’oni karimdan olishgan. Ular uchun Qur’on yo‘l ko‘rsatuvchi vazifasini bajargan. Shuning bilan birga Qur’on musulmon olimlar uchun ilmiy nuqtayi nazardan, zabt etilmagan cho‘qqi, kashf etilmagan ixtiro, o‘rganilmagan olam uchun eshiklarni ochib beruvchi kalit vazifasini ham bajargan.
Eng qiziqig‘i, musulmon olimlarining barchalarida, kunlik hayot tarzi ham juda o‘xshash bo‘lgan. Deyarli barchalari yil davomida uzliksiz yoki qisqa tanafusili ro‘za tutib yurishgan. Shu sabab ularning miya faoliyati asosiy kuchni organizm ehtiyojlariga emas balki ijodiy, ilmiy ishlarga sarflagan.
Bugungi zamonaviy ilm-fan ham tanaga ortiqcha ozuqa kirishi hamda oshqozon, ichak va boshqa hazmda ishtirok etuvchi a’zolarning (jigar, buyrak, o‘t va boshqalar) uzluksiz faoliyati butun tana, bosh miyani kun davomida faqatgina ovqat hazm qilishga mashg‘ul etib qo‘yishini isbotlagan.
Bu hodisani musulmon ulamolar bundang ming yillar avval anglab yetishganlar. Ular yilda bir bor 30 kun ramazon ro‘zasini tutgach undan keladigan foydani boshqa oylarda ham olishga harakat qilishgan.
Inson tanasi shunday murakkab mexanizmki, unga kerakli meyoriy minimal ozuqa berilsa u o‘zini qayta tiklash xususiyatini kuchaytiradi. Natijada butun jism bor kuchini hazm organlariga ishlatmasdan jismoniy dam oladi. Bu vaqtda esa ruh sokinlashib, miya ortiqcha bosim va stresslarsiz faoliyat yuritadi. Shu orqali olimlar miyaning ko‘plab imkoniyatlaridan foydalanadi.
Musulmon olimlar ro‘za tutganda ham shunchaki och yurmagan, bakli o‘zlarini 3 omilga asosan ihotalagan. Bular:
Mazkur odatdan bugungi kun olimlari ham foydalanib kelmoqda.
Mazkur xulosalarni bugungi kun fan olimlari uzoq tadqiqotlardan so‘ng bildirishgan.
Ammo, ro‘zaning foydalarini bizga bir yarim ming yil avval nozil bo‘lgan Qur’oni karimda Alloh taoloshunday ta’kidlab o‘tgan:
“Ey iymon keltirganlar, oldingi o‘tganlar kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shunda taqvodor bo‘lursizlar. U sanoqli kunlardir, sizlardan kim bemor yoki safarda bo‘lsa, boshqa kunlari sanoqni to‘ldirsin. Qodir bo‘lmagan kishilar zimmasida bir miskin taomicha fidya bordir. Kim ixtiyori bilan yaxshilik qilsa, o‘ziga foydadir. Agar bilsangizlar, ro‘za tutishingiz o‘zlaringiz uchun yaxshidir. Ramazon oyida insonlarga hidoyat bo‘lgan hamda hidoyat va furqonning ochiq bashorati bo‘lib Qur’on tushirilgan. Kim bu oyga yetsa. ro‘za tutsin. Kim bemor yoki safarda bo‘lsa, boshqa kunlari sonini to‘ldirsin. Alloh sizlarga osonlikni istaydi, qiyinchilikni xohlamaydi. Shuning uchun sanoqni mukammal qilinglar va hidoyat qilgani uchun Allohni ulug‘langlar, shoyadki shukr qilsangizlar” (Baqara surasi 183-185-oyatlar).
“Agar bilsangizlar, ro‘za tutishingiz o‘zlaringiz uchun yaxshidir”!
Saidabror Umarov tayyorladi
Alloh taolo aytadi: “Kim Allohga taqvo qilsa, U unga (tashvishlardan) chiqish yo‘lini (paydo) qilur”, (Taloq surasi, 2-oyat).
Izoh:
- Ibn Abbos roziyallohu anhu oyati karimaning “chiqish yo‘li” qismini “dunyo va oxiratdagi har turli tashvishlardan uni qutqaradi”, deb tafsir qilganlar.
- Ali ibn Solihga ko‘ra, “chiqish yo‘li” Alloh taoloning o‘sha bandaga rizq berish bilan uni xushnud etishidir.
- Kalbiy oyatni bunday tafsir qiladi: “Kim musibat paytida sabr qilib, Allohdan qo‘rqsa, Parvardigor unga do‘zax otashidan jannat sari bir chiqish yo‘li ko‘rsatadi”.
- Abul Oliya oyatni: “Turli mashaqqat va tashvishlardan chiqish yo‘li”, deya sharhlagan bo‘lsa,
- Rabi’ ibn Haysam: “Odamni siqadigan hamma narsadan unga chiqish yo‘li ko‘rsatadi”, shaklida tafsir qilgan.
- Husayn ibn Fazlga ko‘ra, oyat tafsiri bunday: “Kim farzlarni ado etish borasida Allohdan qo‘rqsa, Alloh unga jazolanishdan qutulish yo‘lini ko‘rsatadi”.