Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Noyabr, 2025   |   21 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:46
Quyosh
07:07
Peshin
12:12
Asr
15:25
Shom
17:10
Xufton
18:25
Bismillah
12 Noyabr, 2025, 21 Jumadul avval, 1447

Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligi fazilati

16.05.2020   6277   2 min.
Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligi fazilati

Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida boshqa kunlaridan ko‘ra ko‘proq ibodat qilar, u kunlarni etikof bilan o‘tkazar va qadr kechasini ushbu kechalardan qidirar edilar[1].

Imom Buxoriy rahmatullohi alayhi o‘z sahihlarida Oisha onamiz roziyollohu anhodan rivoyat qiladilar: “Albatta Nabiy sollollohu alayhi vasallam, Ramazon oyining oxirgi o‘n kuni kirib kelsa, ahllarini uyg‘otar, tunlarini tiriltirar va bellarini mahkam bog‘lar edilar”[2]

Hadisi sharifdagi Oisha onamizning: “Bellarini mahkam bog‘lar edilar”,  degani Payg‘ambar sollollohu alayhi vasallamning ibodatga odatdagidan ko‘proq jiddu-jahd  qilib harakat qilganlaridan kinoya. Ba’zilar bu ayollaridan chetlashganlari, yaqinlik qilmaganlaridan kinoya deydilar.

“Tunlarini tiriltirar edi” deganlari esa, namoz va boshqa ibodatlar bilan tunning barchasini bedor o‘tkazar edilar degan ma’noda. Oisha onamiz roziyollohu anhodan rivoyat qilingan boshqa hadisda: “ Men Rosululloh sollollohu alayhi vasallamni Ramazon oyidan boshqa biror paytda bir kechada Qur’oni karimning barchasini o‘qiganlarini ham, tunning hammasini to tonggacha bedor bo‘lganlarini ham, bir oy avvalidan oxirigacha to‘liq ro‘za tutganlarini ham bilmayman”[3] deganlar.

“Ahllarini uyg‘otar edi” deganlari esa, ayollarini namozga uyg‘otar edi degan ma’noda. Payg‘ambar sollollohu alayhi vasallamning odatlaridan ma’lumki, U zot ahllarini boshqa kunlarda ham ibodatga uyg‘otar edilar. Vitr o‘qimoqchi bo‘lsalar Oisha onamizni uyg‘otganlari kabi.[4] Ammo Payg‘ambar sollollohu alayhi vasallamning ahli oilalarini Ramazon oyining oxirgi o‘n kunida uyg‘otishlari yilning boshqa kunlariga nisbatan ko‘proq bo‘lar edi.  

 

 

Shayxontohur tumani “Islom nuri” jome  masjidi imom xatibi,

Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi

A. Sobirov

 

[1] Imom Muslim Oisha roziyollohu anho onamizdan rivoyat qilgan(1175)

[2] Imom Buxoriy rivoyati(1913)

[3] Imom Nasaiy rivoyati(1641)

[4] Imom Buxoriy rivoyati(952)

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi

11.11.2025   1163   1 min.
Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi

Bugun, 11 noyabr kuni Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan shahar-tuman bosh imom-xatiblari ishtirokida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining "Ey bandalarim…" Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitoblari taqdimoti o‘tkazildi.
Kitob taqdimotida viloyat bosh imom-xatibi Mirzamaqsud domla Alimov tomonidan ushbu kitob ayni damda juda dolzarb ekanligi, bu kitobdagi mavzular dinimizning asoslari, hukmlar, odoblari haqida hadislardan olinadigan hikmat va foydalar haqida keng ma’lumotlar berilganligini ta’kidlab o‘tildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Andijon viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi Bir qudsiy hadis sharhi nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi