Sayt test holatida ishlamoqda!
20 May, 2025   |   22 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:23
Quyosh
05:00
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:43
Xufton
21:14
Bismillah
20 May, 2025, 22 Zulqa`da, 1446

Rostgo‘ylik

14.05.2020   4606   2 min.
Rostgo‘ylik

Dinimizda rostgo‘ylik yuksak insoniy fazilatlardan hisoblanadi. Rostgo‘ylik, ahdga vafo va omonatdorlik jamiyat hayotida muhim o‘rin tutadi. Rostgo‘ylik yo‘q joyda o‘zaro ishonch va sadoqat yo‘qoladi. Agar bunday xislatlar hayotimizdan yo‘qolib boraversa, o‘zaro ishonchsizlik kuchayib, insonlar orasiga adovat urug‘ini tashlaydi. Natijada jamiyatda turli hil muammolar yuzaga keladi. Jamiyat taraqqiyot yo‘lidan ilgarilab borishi uchun uni tashkil etuvchi fuqarolar o‘zaro ishonch bilan, bir-birini qo‘llab-quvvatlab yashashi lozim. Bu xislatlar hayotning bir maromda davom etishini ta’minlaydi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.

Alloh subhanahu va taolo insoniyatga yuborgan payg‘ambarlarning xulqlarida ko‘zga tashlanib turadigan ulug‘ hislatlardan biri rostgo‘ylik va sadoqat edi. Aksincha, yolg‘onchilik, ishonchsizlik va xiyonat kabi illatlar payg‘ambarlarga yot bo‘lgan.

Alloh taolo: “Ey mo‘minlar, Allohdan qo‘rqingiz va iymonlarida rostgo‘y bo‘lgan zotlar bilan birga bo‘lingiz”, deb marhamat qiladi. Demak, mo‘min-musulmonlar, avvalo Alloh taolodan qo‘rqishga, so‘ngra iymonida rostgo‘y insonlar bilan birga bo‘lishga buyurilmoqda.

Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Rostgo‘ylik yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga olib boradi. Kishi rost so‘zlab yuradi. Hattoki, Alloh huzurida siddiq (rostgo‘y) deb yoziladi. Yolg‘onchilik yomonlikka olib boradi. Yomonlik esa do‘zaxga olib boradi. Kishi yolg‘on so‘zlab yuradi. Hattoki, Alloh huzurida kazzob (yolg‘onchi) deb yoziladi”, dedilar (Muttafaqun alayhi).

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bu hadisi shariflarida rostgo‘ylik va yolg‘onchilikning o‘rtasini ajratib berib, har birining olib boradigan manzilini ham ta’kidlab keltirmoqdalar. Har bir mo‘min-musulmon Robbisining huzurida siddiq (rostgo‘y) deb yozilmoqligi uchun yolg‘onchilikdek dinimizda katta gunoh bo‘lgan ishlardan o‘zini saqlamoqligi lozim ekan.

Rostgo‘ylik va sadoqat jamiyat uchun ham juda zarur. Qaysi jamiyatda ahdga vafo, sadoqat va rostgo‘ylik keng yoyilsa, ana shu jamiyat isloh topib, fuqarolar o‘rtasida o‘zaro ishonch ortadi, mehr-oqibat kuchayadi, oldi-berdi va savdo-sotiq ishlarida xiyonat va aldamchilik barham topadi.

Alloh subhanahu va taolo barchalarimizni gunoh ishlardan o‘zi saqlab, dunyo va oxiratimizga manfaatli bo‘ladigan amallarga yo‘llasin amin.

M.Muhammadjonov,
Uchko‘prik tumani “Kushki turkon” masjidi imom-noibi
Manbalar asosida tayyorlandi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?

16.05.2025   6665   1 min.
Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?

Shu yil, 14 may kuni Jizzax viloyatidan “Haj – 2025” mavsumining ilk ziyoratchilari Jizzax shahridagi “Qaliya” masjididan jo‘nab ketishdi. Haj sari qadam qo‘yayotgan hamyurtlarimizning ko‘zlarida quvonch, tillarida shukronalik. 


Allohning farz ibodatini ado etishga otlangan muhtaram yurtdoshim Alloh taolo yurtimiz, xalqimiz haqqiga qiladigan barcha duolaringizni qabul etsin. Duolaringizda bizni ham unutmang!


Hajingiz mabrur, sa’yingiz mashkur va gunohingiz mag‘fur bo‘lsin!

Jizzax viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi? Jizzaxlik ziyoratchilar Haj safariga qanday kuzatildi?
O'zbekiston yangiliklari