Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

20.09.2023   951   1 min.
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ilmga bag‘ishlangan umr

28.11.2026   2875   1 min.
Ilmga bag‘ishlangan umr

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida taniqli sharqshunos olim Zohidjon Islomovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan "Ilmga baxshida umr" nomli anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda ilm-ma’rifat ahli, ustoz va shogirdlar, hamkasb va do‘stlar bir davrada jamlandi.

Anjumanni tabrik so‘zi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi, akademiya rektori Muzaffar Kamilov ochib berdi.

O‘z so‘zida Zohidjon Islomovning hayotiy tajribasi va ilm yo‘lidagi ibrati barchamiz uchun katta maktab ekanligini, yurtimizda manbashunoslik va matnshunoslik maktabi rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini alohida ta’kidladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Davron Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov hamda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Nurislom Tuxliyevlar ustoz hayotini o‘ziga xos ibrat maktabi sifatida e’tirof etib, uning ilm va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlariga yuksak baho berdilar, sihat-salomatlik, uzoq umr va yangi ijodiy yutuqlar tiladilar.

Tadbirda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Komiljon Shermuhammedov, Oriental universiteti rektori Nozim Mamataxunov va "Yangi asr" universiteti prorektori Qobiljon Zohidov so‘zga chiqib, Zohidjon Islomov bilan bog‘liq xotiralarini o‘rtoqlashdilar, uning ustozlik fazilatlari, kamtarligi va fidokorona mehnatini alohida ta’kidladilar.

Anjuman yakunida Zohidjon Islomov so‘zga chiqib, tadbir ishtirokchilariga samimiy minnatdorlik bildirdi.

 

Ilmga bag‘ishlangan umr Ilmga bag‘ishlangan umr
O'zbekiston yangiliklari