Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Yanvar, 2026   |   15 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:33
Asr
15:26
Shom
17:11
Xufton
18:29
Bismillah
04 Yanvar, 2026, 15 Rajab, 1447

“Ramazon – Kur’on oyi” - Oli Imron surasi fazilatlari

04.05.2020   7785   2 min.
“Ramazon – Kur’on oyi” - Oli Imron surasi fazilatlari

 

Oli Imron Imronning oilasi degani. Imron – Maryamning otasi (Iso alayhissalomning bobosi). Bu surada Imron, uning oilasi haqidagi qissa zikr etilgan. Shuning uchun sura “Oli Imron” deb nomlangan.

Mazkur surada Badr, Uhud janglari, Iso alayhissalom qissasi, Allohga shirk keltirishning eng katta gunohligi, shariat ahkomlari bayon qilingan.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qur’on o‘qinglar. Chunki u qiyomat kuni o‘z ahliga shafoatchi bo‘ladi. Ikki yorituvchi nur – Baqara bilan Oli Imron surasini o‘qinglar. Ikkisi qiyomat kuni ikki bulut yoki ikki soyabon yoki bir guruh saf-saf qushlar shaklida kelib sohiblari hojatini chiqaradi. Baqara surasini o‘qinglar. Uni olish (o‘qish, yod olish, amal qilish) baraka, tark etish hasratdir. Unga sehrgarlar qodir bo‘la olmaydi”, deganlar (Imom Muslim, Imom Dorimiy, Imom Ahmad, Imom Hokim, Imom Ibn Hibbon rivoyati).

Ulamolar aytishicha, mana shu ikki suradan hosil bo‘lgan ajr-savob qiyomat kuni bulut shaklida kelib bandaga soyabon bo‘ladi.

Abdulloh ibn Burayda otasidan rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi va sallam huzurlarida o‘tirgandim. U zot: “Baqara va Oli Imron suralarini o‘rganinglar. Chunki ikkisi yorituvchi nurdir. Ular qiyomat kuni soyali bulut yoki saf-saf qush bo‘lib kelib egalarini soyasiga oladi”, dedilar”.

Yazid ibn Asvad aytadilar: “Kim kunduzi Baqara va Oli Imron surasini o‘qisa, kech kirguncha nifoqdan salomat bo‘ladi. Kim ularni kechasi o‘qisa, tong otguncha nifoqdan saqlanadi”.

Ka’b ibn Molikdan rivoyat qilinadi: “Kim Baqara va Oli Imron suralarini o‘qisa, ikkisi qiyomat kuni kelib: “Parvardigoro, bu (banda) uchun (azob-uqubatga) yo‘l yo‘q!” deydi.

 

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim juma kuni Oli Imron surasini o‘qisa, Alloh va farishtalari kun botgunicha unga salavot aytadilar”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism)

27.12.2025   7447   1 min.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism)

Muhammad ibn Abdulloh sollallohu alayhi vasallam Alloh taoloning rasuli va bandasi bo‘lib, u zotni   Alloh taolo butun olamlarga rahmat qilib yuborganini aytadi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam insonlarni butlarga, quyoshga, daraxtlarga, olovga va boshqa narsalarga sig‘inishdan voz kechib, faqat Allohga ibodat qilishga da’vat qildilar. Chunki bularning barchasi Alloh yaratgan narsalardir, ular o‘z-o‘zidan na foyda bera oladi, na zarar yetkaza oladi.

Alloh taolo Qur’onda shunday deydi:
"Muhammad Allohning rasulidir" (Fath surasi, 29-oyat).
"Muhammad sizlarning erkaklaringizdan birortasining otasi emasdir, balki u Allohning elchisi va payg‘ambarlarning muhridir. Alloh barcha narsani biluvchi zotdir" (Ahzob surasi, 40-oyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam insoniyat uchun rahmat bo‘lib kelganlar. U zot odamlarni dunyo gumrohligidan qutqarib, oxirat azobidan saqlab, hidoyat va jannat ne’matlariga yetaklaydilar. 

Alloh taolo aytadi:
"Biz seni (ey Muhammad) olamlarga faqar rahmat qilib yubordik" (Anbiyo surasi, 107-oyat).

Alloh taolo Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqlarini yuksak sifatlarda madh etib: "Albatta, siz ulug‘ axloq uzradirsiz" deb marhamat qilgan. (Qalam surasi, 4-oyat)

https://t.me/xadichauz

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism) Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning maqomlari va muborak ismlari (1-qism)
Siyrat