Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Yanvar, 2026   |   17 Rajab, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:24
Quyosh
07:49
Peshin
12:34
Asr
15:28
Shom
17:13
Xufton
18:31
Bismillah
06 Yanvar, 2026, 17 Rajab, 1447

Muborak Ramazon oyi faziylatlari haqida bayon qilingan hadislar

28.04.2020   2817   3 min.
Muborak Ramazon oyi faziylatlari haqida bayon qilingan hadislar

Muborak Ramazon oyi faziylatlari haqida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Ramazonning ilk kechasida musulmonlarning gunohlari kechirilishi haqida qilgan xutbalari, va  Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon Samarqandiy Dorimiy o‘zining Sunaniy Dorimiy (saylanma) hadislar kitobida, Muborak Ramazon oyi faziylatlari haqida bayon qilingan hadislar.

Anas (roziyallohu anhu) dan:

“Ramazon oyi yaqinlashgach, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shom namozidan keyin qisqa bir xutba qildilar:

Siz va Ramazon oyi bir-biringizni kutib olish arafasidasiz. Shuni ham biling, qiblaga qarab namoz o‘qiganlardan, ramazonning ilk kechasi gunohlari kechirilmay qolgan odam bo‘lmaydi, -dedilar” (“Al kanz”, 4-jild, 305-bet; Ibn Najjordan). (Payg‘ambarimiz va Sahobalar hayoti kitobidan).

Abu Muhammad Abdulloh ibn Abdurrahmon Samarqandiy Dorimiy o‘zining Sunaniy Dorimiy (saylanma) hadislar kitobida, Muborak Ramazon oyi faziylatlari bayon qilingan quyidagi hadisi shariflar keltiriladi;

Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taolo: “Odam bolasining har bir ishi (amali) o‘zi uchundir. Birgina yaxshilik o‘ntadan to yetti yuz barorbargacha tengdir. Faqatgina ro‘za men uchundir va uning ajrini O‘zim berurman, chunki u (odam bolasi) ovqat va unga bo‘lgan ishtahasini ham, ichimlik va unga bo‘lgan ishtahasini ham meni deb tark etadi. Shunday ekan u (ya’ni, ro‘za) faqat Men uchundir va uning ajrini O‘zim beraman”, dedi”.

Anas ibn Molik (raziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam birovni uylarida iftorlik qilsalar: “Agar uylaringizda ro‘zadorlar iftorlik qilsa va sizlarning pok taomlaringizdan yesa, sizlarning ustilaringizga farishtalar tushiriladi”, derdilar”.

Abu Hurayra (raziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Qachonki Ramazon oyi kirsa, osmon eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi, shaytonlar kishanlanadi”, dedilar”.

Abu Hurayra (raziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimki Ramazon oyini iymon va savob umidida bedor o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi, kimki qadr kechasini bedor o‘tkazsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi”, dedilar.

Uboda ibn Somit (raziyallohu anhu) rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarni Laylatul Qadr  haqida xabardor qilish uchun oldimizga chiqqanlarida musulmonlardan ikki kishi o‘zaro tortishayotgan edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta, men sizlarni Laylatul Qadr  haqida xabardor qilish uchun chiqqandim. Falonchi bilan bilan falonchi o‘rtasida tortishuv bo‘layotganidan (uni) unutdim. Ehtimol bu xayrlidir. Uni oxirgi o‘n kunlikning beshinchi, yettinchi va to‘qqizinchi kechalaridan izlanglar”, dedilar”.

 

Jumamuratov Yaqub,

 Taxiatosh tumani “Muhammad Murod eshon” masjidi imom-xatibi.

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Faxriy ustozlar xotirlandi (foto)

05.01.2026   3224   1 min.
Faxriy ustozlar xotirlandi (foto)

Islom ta’limotiga ko‘ra, ustozni hurmat qilish va e’zozlashning savobi ulug‘, chunki ulamolar Payg‘ambarlar merosxo‘rlaridir.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev tomonidan bir guruh faxriy ustozlar — Hoshimjon domla Sobirov, Shayxmuhammad domla Allayarov, Bokibulloh domla Atagullayev va boshqa ustozlar holidan xabar olinib, ularga sovg‘a va salomlar taqdim etildi.


Shuningdek, sohada faoliyat yuritgan barcha faxriy ustozlar xotirlanib, uylaridan xabar olindi, Qur’oni karim tilovat qilindi va ularning ruhi pokiga duolar qilindi.
 

Zamaxshariy.uz

 

Faxriy ustozlar xotirlandi (foto) Faxriy ustozlar xotirlandi (foto)
O'zbekiston yangiliklari