So'nggi yillarda "salaf solihlarga ergashish" shiorini niqob qilib olgan, mutaassib ko'rinishdagi soxta salafiylar barcha aqidaviy va hukmiy masalalarni hijriy sananing dastlabki uch asriga muvofiq ravishda hayotga tatbiq etishni targ'ib qilsalarda, aslida, ularning qarashlari asosan 18-asrning o'rtalarida yashab o'tgan najdlik Muhammad ibn Abdulvahhobning mutaassibona g'oyalari ustiga qurilgandir.
Savol: Besh vaqt namozda imomga iqtido qilganimizda, Fotiha va zam suralarni o‘qimaymiz. Janoza namozida qanday yo‘l tutamiz? Unda ham quloq qoqqandan keyin jim turamizmi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Janoza namozida besh vaqt namozdan farqli ravishda, imomga iqtido qilganlar to‘rt takbirni va sano, salavot hamda duolarni o‘qiydi. Ya’ni birinchi takbirdan keyin sanoni, ikkinchi takbirdan keyin salavotni, uchinchi takbirdan keyin janoza duosini o‘qiydi. To‘rt takbir janoza namozining rukni ya’ni farz, boshqa zikrlar esa, sunnat hisoblanadi. Agar iqtido qilganlar takbirni ham, boshqa zikrlarni ham aytmay, jim tursa, janoza o‘qigan hisoblanmaydi. Agar takbirlarni aytsa-yu, boshqa zikrlarni aytmasa, sunnatni tark etgan bo‘ladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.