Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Sentabr, 2026   |   1 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:40
Quyosh
06:00
Peshin
12:19
Asr
16:47
Shom
18:42
Xufton
19:58
Bismillah
12 Sentabr, 2026, 1 Rabi`us soni, 1448

Ramazon bu

26.04.2020   6999   1 min.
Ramazon bu

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Go‘zal mohitobondur, 
Bir oygina mehmondur. 
Poklanishga imkondur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Avvali rahmat erur, 
Mag‘firatga yuz burur. 
Do‘zaxdan najot berur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Chin banda qadrin bilar, 
Silayi rahm qilar, 
Saxovatdan nur ilar, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Qilib iymon shukrini, 
Haq din — Islom fikrini. 
Qo‘ymas tildan zikrini, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ko‘ngillarni eritgan, 
Kalomlarni dur etgan. 
Chehralarni nur etgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Duolarni aylab soy, 
Iymonga bo‘lamiz boy. 
Qur’on nozil bo‘lgan oy - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Haq rizosi ko‘chida, 
Toat kunduz-kechida. 
Qadr bordir ichida - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ro‘zamizdur qanoat, 
Mo‘jizayu, sinoat. 
Rabb oldida shafoat, 
Ramazon bu, Ramazon! 

G‘animatdur har dami, 
Ixloslilar bayrami. 
Allohning keng karami, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Bobur BOBOMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

AQSHdagi o‘zbek jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

09.09.2026   28876   1 min.
AQSHdagi o‘zbek jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Shu yil 8 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida AQSHda faoliyat yuritayotgan "VATAN Global Alliance" tashkiloti rahbari Ozod Soliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan samimiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Muloqotda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Davronbek Maxsudov hamda mutaxassislar ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida AQSHdagi yurtdoshlarimizga doimiy ruhiy-ma’naviy ko‘mak berish va ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish, xususan, yoshlar tarbiyasiga alohida e’tibor qaratib, xorijiy tillarda erkin ma’ruza qila oladigan malakali yosh kadrlarni tayyorlash yaxshi natija berishi qayd etildi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

AQSHdagi o‘zbek jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi AQSHdagi o‘zbek jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi AQSHdagi o‘zbek jamiyati vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari