Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Oktabr, 2026   |   23 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:04
Quyosh
06:23
Peshin
12:12
Asr
16:15
Shom
18:04
Xufton
19:19
Bismillah
04 Oktabr, 2026, 23 Rabi`us soni, 1448

Ramazon bu

26.04.2020   8184   1 min.
Ramazon bu

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Go‘zal mohitobondur, 
Bir oygina mehmondur. 
Poklanishga imkondur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Avvali rahmat erur, 
Mag‘firatga yuz burur. 
Do‘zaxdan najot berur, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Chin banda qadrin bilar, 
Silayi rahm qilar, 
Saxovatdan nur ilar, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Qilib iymon shukrini, 
Haq din — Islom fikrini. 
Qo‘ymas tildan zikrini, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ko‘ngillarni eritgan, 
Kalomlarni dur etgan. 
Chehralarni nur etgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Duolarni aylab soy, 
Iymonga bo‘lamiz boy. 
Qur’on nozil bo‘lgan oy - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Haq rizosi ko‘chida, 
Toat kunduz-kechida. 
Qadr bordir ichida - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Ro‘zamizdur qanoat, 
Mo‘jizayu, sinoat. 
Rabb oldida shafoat, 
Ramazon bu, Ramazon! 

G‘animatdur har dami, 
Ixloslilar bayrami. 
Allohning keng karami, 
Ramazon bu, Ramazon! 

Oylar sarvari bo‘lgan, 
Ramazon bu, Ramazon. 
Qalblar gavhari bo‘lgan - 
Ramazon bu, Ramazon! 

Bobur BOBOMUROD,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi

 

Ramazon-2020
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi

21.09.2026   60015   1 min.
Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi

1 oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Imom Termiziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.


Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasining Surxondaryo viloyati vakili o‘rinbosari Abduhalil domla Abdunazarov, bilim yurti rahbariyati, «Vaqf» xayriya jamoat fondi viloyat filiali mutasaddilari hamda pedagog xodimlar ishtirok etdi.


Tadbirda ustozlik kasbining sharafi, yosh avlodga diniy va dunyoviy ilmlarni o‘rgatish yo‘lidagi fidokorona mehnatning ahamiyati alohida e’tirof etildi.


Bayram munosabati bilan ustoz va xodimlar moddiy va ma’naviy rag‘batlantirildi: 
 

  • 5 nafar faol ustozga jami 25 million so‘m (har biriga 5 million so‘mdan) moddiy yordam ko‘rsatildi;

  • 31 nafar ustoz va ishchi-xodimga bayram oziq-ovqat jamlanmalari topshirildi.


Bunday e’tibor va e’zoz soha xodimlarining mehnatini munosib qadrlash hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi Ustozlar bayram arafasida taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari