Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Avgust, 2025   |   18 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:00
Quyosh
05:29
Peshin
12:33
Asr
17:23
Shom
19:30
Xufton
20:52
Bismillah
12 Avgust, 2025, 18 Safar, 1447

Daraxtlar jannat ne’matlaridan nishonadir

18.04.2020   3726   3 min.
Daraxtlar jannat ne’matlaridan nishonadir

Alloh taolo mo‘minlar uchun abadiy mukofot bo‘lgan jannatni ta’riflaganda  judayam ko‘p o‘rinlarda daraxtzorlarni, bog‘u-rog‘larni, turli xil mevalarni zikr qilgan. Xususan,  Rohman, Voqe’a suralarida bog‘u bo‘stonlar, mevalar va daraxtlarning zikri judayam ko‘p takrorlanadi. Masalan, Rohman surasida quyidagicha oyatlar keladi:  “U (yer)da mevalar va guokosali xurmolar bor. Va somonli donlar hamda rayhonlar bor”. (11-12-oyatlar)   “U (jannat)lar shox novdalidirlar”. (48-oyat) “Ikkovlarida mevalar, xurmo va anorlar bordir” (68-oyat)

Voqea surasida esa jannat ahllarini ta’riflab shunday deydi: “Ular tikonsiz sidrzorlardadirlar. Sermeva bananzorlardadirlar. Va yoyilgan soyalardadirlar” (28-29-30-oyatlar)

Bunga o‘xshash daraxtlar, mevalar, yerdan unib chiqadigan don-dunlar va ekinlar haqidagi oyatlarni, ulkan daraxtlarning soyalari haqidagi zikrlarni jannat ta’rifi kelgan judayam ko‘p oyatlarda uchratishimiz mumkin.

Bundan tashqari, hadislarda ham bu kabi ta’riflar va bashoratlar judayam ko‘p uchraydi. hattoki Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilingan bir hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Kimki: “Subhanallohi va bihamdihi”, desa, u uchun jannatda bir xurmo ekiladi”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Bu dunyoda savobli amalni qilgan kishi uchun jannatda bir daraxt ekilishi be’jiz emas albatta. Chunki, mevali daraxt ne’matlar ichida eng e’tiborli va qadri balandlaridan hisoblanadi.

Xulosa, qilib aytadigan bo‘lsak, turli xil mevali daraxtlar, inson uchun kerakli bo‘lgan ziro’atlar jannat ne’matlaridan bir nishona hisoblanadi. Alloh taolo bandalari jannat ne’matlarini his qilib yashashlari uchun ulardan ba’zilarini shu dunyoning o‘zida bizlarga berib qo‘ydi. Demak, musulmon kishi bu nishonalarning qadriga yetishi lozim. Ularni asrab avaylash bilan birgalikda, bu kabi ne’matlarni ko‘paytirishga hissa qo‘shmog‘i lozim.

Shuning uchun har bahor faslida kishi o‘z tomorqasiga turli xil ekinlar ekmog‘i, har xil mevali bog‘lar yaratmoqqa ishtiyoqmand bo‘lmog‘i savobli ishlardan hisoblanadi. Insonlarga halal bermaydigan joylar, ko‘cha va suv bo‘ylari, e’tibordan chetda qolgan qarovsiz yerlarga ham mehr berib, ulardan unumli foydalanmog‘i kerak. Bu eng avvalo, kishining halol rizq topishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, daraxtlarning mevasi va soyasidan bahra olgan insonlar va hayvonlar, ekin tikinlarning bir donasidan  tanovul qilgan qushlar, hattoki hashorotlar uchun ham kishi sadaqa berganning ajrini oladi. Sadaqai joriyaning bir turi bu aynan ekib ketilgan daraxdir. Chunki, bitta darax bir necha yillar va hattoki bir necha asrlar yashashini hisobga olsak, bu imkoniyat mo‘minlar uchun ayni muddaodir.

Unutmang! Qilingan har bir yaxshi amalga mukofot bor. Zarra miqdorida bo‘lsa ham qilingan sadaqa jahannamdan parda bo‘ladi. har bir ho‘l jigar uchun qilingan yaxshilikka Alloh taoloning roziligi bor.

Olmazor tumanidagi “Mevazor” masjidi imom noibi:      Islomov Yorbek

 

 

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

12.08.2025   244   1 min.
Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda

Saudiya Arabistoni Podshohligi Islom ishlari, da’vat va irshod vazirligi tomonidan 45-xalqaro Qur’on musobaqasi o‘tkazilmoqda. 


Mazkur musobaqada O‘zbekiston nomidan Shukurbek qori Shuxratbekov va Dostonbek qori Sodiqov qatnashmoqda. 


Ma’lumot o‘rnida Shukurbek Shuxratbekov “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining 3-kurs, Dostonbek Sodiqov “Sayyid Muhiyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom bilim yurtining 1-kurs talabasi sanaladi. 


Alloh taolo ikki hamyurt qorimizni yuzlarini yorug‘ qilib, muvaffaqiyat va zafar ato etsin!  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda Saudiyadagi xalqaro Qur’on musobaqasida hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda
Dunyo yangiliklari