Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

Davriy nashrlarga obuna boshlandi

14.09.2023   717   3 min.
Davriy nashrlarga obuna boshlandi

“Obuna–2024”

 Hayrli, savob ishlarning turi ko'p. Har birining ixlos va samimiyatga qarab ajri bor, savobi bor. Illo, ma'rifat ulashishning, mo'min-musulmonlarning xonadonlariga ziyo kiritishning savobi juda katta.

Tahlillarga ko'ra, bir dona bosma nashrni bir kishidan o'n kishigacha mutolaa qilar ekan. Misol uchun, birgina “Hidoyat” jurnali bugungi kunda 86 ming nusxada chop etilayotgan bo'lsa, demak, 860 ming kishi o'qiydi degani. Bu yaxshi, albatta. Biroq aholisining 95 foizdan ortig'ini musulmonlar tashkil qiladigan yurtimizda mazkur nashrning adadi yanada ko'paysa, maqsadga muvofiq bo'ladi, inshoalloh.

O'zbekiston musulmonlari idorasi “Shamsuddinxon Boboxonov” nashriyot-matbaa ijodiy uyining “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlandi.

Kuni kecha O'zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi majlislar zalida “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga 2023 yil uchun obuna mavsumida faollik ko'rsatgan, mazkur nashrlarga eng ko'p obuna uyushtirgan tumanlar bosh imom-xatiblari sovg'alar bilan taqdirlandi.

– Kamtarona xizmatimiz e'tirof etilib, mukofot bilan taqdirlanganimiz uchun Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo'lsin, – deydi Norin tumani bosh imom-xatibi Kamoliddin domla Hamroqulov. – Inshoalloh, kelgusi yil uchun ham obunani uyushqoqlik bilan tashkil etamiz. Bu jarayonda tumanimizdagi imomlarning xizmati katta.

Shu bilan birga, yig'ilishda mazkur nashrlarga 2024 yil uchun obuna mavsumi boshlangani, mo'min-musulmonlarning ma'rifatini yanada yuksaltirish, ularga muqaddas dinimizning sof ta'limotini etkazishda “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasini qimmatli nashrlar ekani aytib o'tildi.

Tadbir so'ngida xayrli duolar qilindi.

“Tafsir” rukni ostida Kalomulloh oyatlari ma'nolarini o'qib-uqishni, “Hadis sharhi” orqali Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning muborak nasihatlaridan bahramand bo'lishni, “Sahobalar hayoti”ni mutolaa qilib saodat asriga sayohat qilishni, “Masala” ruknida dolzarb va muhim savol-javoblarni o'rganishni, “Aslida qanaqa?” ruknida har bir voqea-hodisaning asl mohiyatini bilishni, yana boshqa ko'plab mavzularda eng ishonchli ma'lumotlarga ega bo'lishni istasangiz, “Hidoyat” va “Mo'minalar” jurnallari hamda “Islom nuri” gazetasiga obuna bo'lishga shoshiling!

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   16481   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar