
Hadis ilmi maktabi koronavirus pandemiyasi sharoitida diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi talabalarining ta’til kunlari davomida onlayn masofaviy darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda fanlar bo‘yicha mavjud bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida Arab tili fani bo‘yicha tanlov e’lon qiladi.
Tanlov diniy-ma’rifiy ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida joriy yilning 13-29 aprel kunlari 3 bosqichda o‘tkaziladi.
1 bosqich. Maqolalar tanlovi.
Muddati: 13-18 aprel kunlari.
Maqolalar tanlovining mavzusi:
- Arab tili grammatikasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan allomalar va ularning asarlarining o‘ziga xos xususiyatlari (bir alloma misolida).
2 bosich. Video va audioroliklar tanlovi.
Muddati: 20-25 aprel kunlari.
Video va audioroliklar tanlovi mavzulari:
- Ushbu sinovli kunlar davomida insonlarni hayot tarzi bo‘yicha islom dini tavsiyalari.
- Ramazon oyi fazilatlari, ro‘zaning inson jismi va ruhiy tarbiyasidagi foydalari, hayotiy hikmatlari.
3 bosqich. Onlayn test sinovi
Muddati: 27-29 aprel kunlari
Arab tili fani bo‘yicha telegram ijtimoiy tarmog‘i orqali 3 kun davomida soat 14:00 dan 15:00 ga qadar onlayn test sinov shaklida o‘tkaziladi
Tanlov shartlari to‘g‘risida to‘liq ma’lumotni telegramdagi HIM_tanlov kanaldan yoki @HIM_tanlovbot bot tarmog‘i orqali olishingiz mumkin.
# Uyda qoling, kitob o‘qing, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
Madina shahriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilarimizning ilk guruhlarini “Haj – 2026” ishchi guruhi rahbari - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, mamlakatimizning Jidda shahridagi Bosh konsuli Sirojiddin Shamsuddinov, “Haj” va “Umra” bo‘yicha attashe Shuhrat Amoniy va boshqa mutasaddilar tomonidan tantanali kutib olindi.
Shuningdek, hamyurtlarimiz muhtasham “Zam-zam Pullman” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib, gullar ila ikrom qilindi. Ta’kidlash joizki, ziyoratchilarimizni Madina xalqaro aeroportidan boshlab mahalliy mutasaddilar katta ehtirom bilan peshvoz chiqqanlari ziyoratchilarimizga yuqori kayfiyat bag‘ishladi.
Ayni damda ziyoratchilarimiz ixlosu imon bilan ibodatlarni ado etish, xususan, Masjidu Nabaviy va Ravzai muborakni ziyorat qilishga, yaqinlari tomonidan iltimos qilingan salomlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazishga oshiqmoqdalar.
Alloh taolo yurtdoshlarimizning safarlarini muborak qilib, ibodatu duolarini ijobat aylasin, Ravzai sharif ziyoratini barchamizga nasib etsin!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati