Yolg'on – nafsning eng xavfli kasalligi sanaladi.
Muolaja uslubi
Bu xastalikdan qutilmoqchi bo'lgan inson nafsini haqiqatga o'rgatishi, o'z so'zlari va harakatlari bilan odamlarni rozi qilishga harakat qilishdan tiyilishi lozim. Chunki aynan odamlarning roziligini topishga va ular orasida obro'-e'tiborga ega bo'lishga urinish, shuningdek, ularning noroziligidan qo'rqish kishini yolg'on gapirishga undaydi.
Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: «O'zingizga rostgo'ylikni lozim tuting, chunki rostgo'ylik yaxshilikka olib boradi. Yaxshilik esa jannatga boshlaydi. Kishi rost gapirib, rostgo'ylikka amal qiladi, hatto Alloh huzurida “siddiq” deb yozib qo'yiladi. Yolg'ondan saqlaning, chunki yolg'on gunohga boshlaydi. Gunoh do'zaxga etaklaydi. Kishi yolg'on gapirib, unga rioya qilishda bardavom bo'ladi, hatto Alloh huzurida “kazzob” deb yozib qo'yiladi» (Imom Buxoriy rivoyati).
Shoh Kirmoniy rahimahulloh: “Istaganingizni qiling, lekin aslo yolg'onchiga, xiyonatchiga va g'iybatchiga yaqinlashmang!” degan.
Sahl ibn Abdulloh Tustariy rahimahulloh aytadilar: “Insonlardagi eng katta karomat bu – yomon fe'l-atvorni yaxshisiga o'zgartirishdir”.
Abu Abdurahmon as-Sulamiyning
“Nafs illatlari va ularning muolajasi” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati