Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Noyabr, 2026   |   19 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
06:03
Quyosh
07:22
Peshin
12:16
Asr
15:14
Shom
16:58
Xufton
18:15
Bismillah
29 Noyabr, 2026, 19 Jumadul soni, 1448

G'azab - 42 qism

08.09.2023   3377   4 min.
G'azab - 42 qism

Alloh taoloning irodasiga va Uning taqdiridan norozilik – g'azabning namoyon bo'lish alomati bo'lib, bu ham nafs kasalligi sanaladi.

 Muolaja uslubi

G'azabdan qutilish uchun – nafsni taqdirdan rozi bo'lishga va hayotning turli sinovlariga sabr qilishga o'rgatish kerak. G'azab – shaytonning inson qalbiga tashlaydigan yonayotgan cho'g' ekanini unutmaslik lozim.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir kishi Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: “Menga vasiyat qiling”, deganida, u zot alayhissalom: “G'azablanma”, dedilar. Bu kishi bir necha marta takrorlaganida ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “G'azablanma”, dedilar (Imom Buxoriy rivoyati).

G'azab insonni shaytonga yaqin qiladi va uni to'g'ri yo'ldan ozdiradi. Allohning amriga itoat qilish bilan banda g'azabdan qutilishi mumkin.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alloh uchun g'azabini yutgan bandaning ichi iymon bilan to'ldiriladi”(Imom Ahmad rivoyat).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xutba qilayotib shunday dedilar: “Bilinglarki, g'azab odam bolasi qalbida yonib turgan cho'g'dir!” (Imom Ahmad, Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “G'azab shaytondandir. Shayton esa olovdan yaralgan. Agar g'azabingiz kelsa, tahorat qiling!”(Imom Ahmad, Imom Abu Dovud rivoyat).

Muhammad ibn Fazl rahimahulloh aytadi: “Quyidagi olti narsadan kelib chiqib, odamning johil ekanligini bilish mumkin:

1) arzimas narsaga jahl qilib, behudaga g'azablanadi;

2) bekorchi suhbatlar bilan band bo'ladi;

3) noto'g'ri maslahat va ko'rsatmalar beradi;

4) odamlarning sirlarini oshkor qiladi;

5) hammaga ishonib ketaveradi;

6) do'st va dushmanni ajrata olmaydi”.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Allohning g'azabidan meni uzoq qiladigan narsa nima?” deb so'radim. U zot alayhissalom: “G'azab qilma!” dedilar.

Hasan Basriy aytadilar: “Kimda-kim quyidagi to'rt xususiyatga ega bo'lsa, Alloh taolo uni shaytondan asraydi va do'zaxga harom qiladi: rag'bat, qo'rquv, shahvat va g'azab paytida o'zini qo'lga olish”.

G'azabga berilish, bir zumda lovullab ketish insonning zaifligini bildiradi. Bunday kishilar qanchalik baquvvat ko'rinmasinlar aslida zaif hisoblanadilar.


Abu Abdurahmon as-Sulamiyning
“Nafs illatlari va ularning muolajasi” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Jumadan jumagacha 27-11-2026 yil

28.11.2026   23239   1 min.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Videolavhalar