Sayt test holatida ishlamoqda!
20 Iyun, 2026   |   5 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:03
Xufton
21:46
Bismillah
20 Iyun, 2026, 5 Muharram, 1448

Rajab oyida bajariladigan 3 amal

02.03.2020   6476   1 min.
Rajab oyida bajariladigan 3 amal

Rajab oyi barakali va ulug‘ oy bo‘lib, undagi ozgina yaxshi amal evaziga ko‘plab ajru savoblar beriladi. Shu bois bu oyni g‘animat bilib, unda yanada ko‘proq xayrli amallar qilishga intilish lozim.

 

  1. Duo qilish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Besh  kecha  borki,  unda  duolar  rad etilmaydi: rajab oyining  avvalgi  kechasi; sha’bon oyining  yarmidagi  kecha; juma kechasi; fitr kuni kechasi va qurbonlik kechasi” (Ibn Asokir rivoyati).

Rajab oyi kirganda Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Allohumma barik lana fi Rajabin va Sha’bana, va ballig‘na Ramazona” (Allohim, rajab va sha’bon oylarida bizlarga baraka ato qilgin va bizlarni Ramazon oyiga yetkazgin!) deb duo qilganlar (Imom Bayhaqiy va Imom Tobaroniy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilgan). 

 

  1. Ro‘za tutish.

Usmon ibn Hakimdan rivoyat qilinadi: “Sa’id ibn Jubayrdan rajab oyida turganimizda rajab ro‘zasi haqida so‘radim. U: “Ibn Abbosning: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ro‘za tutar edilar, hatto og‘izlarini ochmasalar kerak, der edik. Og‘izlari ochiq bo‘lardi, hatto ro‘za tutmasalar kerak, der edik”, deyayotganini eshitganman”, dedi”.

 

  1. Istig‘for aytish.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Rajab oyida ko‘p istig‘for aytishga targ‘ib qilganlar.

Sayyidul istig‘for: “Allohumma anta robbiy laa ilaha illa anta xolaqtaniy va ana a’bduka va ana a’la ahdika va va’dika mastatotu a’uzu bika min sharri ma sona’tu, abuu laka bini’matika alayya va abuu bizambiy fag‘firliy fainnahu laa yag‘firuz zunuba illa anta”.

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Saharlik qilmay, ro‘za tutsam bo‘ladimi?

19.06.2026   10018   1 min.
Saharlik qilmay, ro‘za tutsam bo‘ladimi?

Savol: Fazilatli oy va kunlarda nafl ro‘zalar tutib turaman. Ba’zida shunday holat bo‘ladiki, bomdodga turganimda saharlik vaqti chiqib ketgan bo‘ladi, lekin men shu kuni bemalol ro‘za tutishga kuchim yetadi. Shu vaqtda ro‘zaga niyat qilib olsam bo‘ladimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, nafl ro‘zalar uchun saharlik vaqti chiqib ketgan bo‘lsa ham, hatto kun yarmiga yetmaguncha niyat qilib olish mumkin, faqat saharlik vaqti chiqqandan keyin ro‘zani buzuvchi amallardan birortasini ham qilmagan bo‘lishi shart.

Demak, siz ham uyg‘onganda saharlik vaqti chiqib ketgan bo‘lsa ham, hech narsa yeb-ichmasdan nafl ro‘zani niyat qilib olsangiz bo‘ladi.

Aslida ro‘za tutishni niyat qilish vaqtlari ikkiga bo‘linadi.

Birinchisi, qazo ro‘za, kafforat va ma’lum bir kunni tayin qilmagan nazr ro‘zalarni tutishda saharlik vaqti chiqmasdan turib niyat qilish shart bo‘ladi. Saharlik vaqti chiqqandan keyin qilgan niyati hisobga o‘tmaydi.

Ikkinchisi, Ramazon ro‘zasi, nafl va muayyan kunda tutish nazr qilingan ro‘zalarni shar’iy nahorning yarmiga yetmagunicha niyat qilib olish mumkin. Shart shuki, niyat qilguncha ro‘zani buzadigan hech qanday ish qilmagan bo‘lishi kerak. Masalan, saharlik vaqti chiqqandan keyin biror nima yeb yoki biror qultum suv ichib qo‘ygan bo‘lsa, ro‘zaga niyat qila olmaydi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi