27 fevral kuni “Hadis va islom tarixi” fanlari kafedrasi tomonidan TII dagi 3 kurs talabalari o‘rtasida hadis musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda quyidagi shartlar qo‘yildi.
Har bir shart bo‘yicha hakamlar hay’ati guruh ishtirokchilarining bergan javoblarini 10 balldan 50 ballgacha baholash tizimi asosida baholab bordi. Hakamlar hay’ati ishtirokchilarni baholab, tanlov yakunida eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan g‘olib guruhlar va sovrindorlar nomini e’lon qildi:
I o‘rin Buxoriy avlodlari
II o‘rin Temiziy avlodlari
III o‘rin Dorimiy avlodlari
Shuningdek, tanlovda ta’lim muassasi talabalaridan Umariddin Muhammad ibn Fattohning “Manzumatul Bayquniya” baytini yod olgan va viktarina savollariga javob berganlarga ham qimmatbaho sovg‘alar berildi. Yakunida katta ustozlardan M. Sayidaliyev va F. Mamanosirov va boshqa ustozlar talabalarga muhaddislar hayoti va asarlarini yanada chuqur o‘rganish va undagi ezgu g‘oyalarni hayot tarziga aylantish kerakligi haqida o‘zlarining samimiy fikrlarini bildirdi. Musobaqa ko‘tarinki ruhda o‘tdi.
TII matbuot xizmati
Bugun, Zulhijjaning 8-kuni mehmonxonadan tashkiliy guruh boshchiligida avtobuslarda talbiya aytib, Minoga yetib kelgan bo‘lg‘usi hojilarimiz: "Allohim bu Minodir. Sen do‘stlaringga ato etgan ehsonlaringdan menga ham in’om et!”, deb duolar qilishdi.
Mino maydonida O‘zbekiston hojilari uchun alohida joy ajratilgan. Bu yerda hojilarimiz bemolol ibodat qilishlari uchun sharoit hozirlangan. Shuningdek, tamaddi qilishlari uchun turli xil taomlar, choy, suv kabi ichimliklar chodirlarga olib kelib ulashilmoqda.
Nabiy alayhissalom sunnatlariga muvofiq, bugun Minoda tarviya kuni peshin, asr, shom, xufton namozlari o‘qiladi. Ayni paytda o‘zbekistonlik ziyoratchilar Mino vodiysida erta tongdan to kun botgunga qadar ulamolarning suhbatlaridan bahramand bo‘lib, toatu ibodat va duoyu iltijolar bilan o‘tkazishmoqda.
Alloh taolo barcha hojilar qatorida, yurtimiz hojilarining ham duo va ibodatlarini qabul aylasin.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati